Kasaba uyushmasi noqonuniy ishdan boʻshatilgan xodimni himoya qila oladimi? Oʻzbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining Fargʻona viloyati Kengashi tomonidan xodimlarning mehnat huquqlarini himoyalash, huquq buzilish holatlarining oldini olish, mehnat toʻgʻrisidagi qonun hujjatlariga rioya etilishini nazorat qilish borasida tizimli ishlar amalga oshirilmoqda. Joriy yil olti oyida viloyat Kengashiga jami 127 ta, shundan 113 ta yozma va 10 ogʻzaki, 4 ta elektron murojaatlar kelib tushdi. Murojaatlarning 37 foizi boʻyicha talablar qanoatlantirilib, 84 nafar fuqarolarning huquqlari tiklandi. 60 ta murojaat boʻyicha tegishli tushuntirishlar berildi. Xodimlar huquqlarini himoya qilishni koʻzlab ish beruvchilarga qonunbuzilish holatlarini bartaraf etish toʻgʻrisida 22 ta taqdimnoma kiritilib, 14 tasi qanoatlantirildi, 5 tasi rad qilindi, Uchtasi hozirda ish beruvchilar tomonidan koʻrib chiqilmoqda. Oʻz navbatida fuqarolik ishlari boʻyicha sudlarga kiritilgan 8 ta daʼvo arizasining 5 tasi qanoatlantirildi, 2 tasi rad etildi, 1 ta daʼvo arizasi sud tomonidan oʻrganilyapti. Murojaatlar bilan ishlash natijasida xodimlarga qariyb 250 million soʻm miqdorida majburiy progul kunlari uchun ish haqlari, oʻz muddatida toʻlanmagan ish haqlari va unga tenglashtirilgan toʻlovlar, sogʻligʻiga yetkazilgan zarar uchun toʻlovlar undirib berildi. — Murojaatlarni koʻrib chiqish natijasiga koʻra, 84 nafar shaxsning mehnat qonunchiligi yuzasidan ijtimoiy va iqtisodiy huquqlari tiklanib, qonuniy manfaatlari himoyasi taʼminlandi,— deydi Oʻzbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining Fargʻona viloyati Kengashi raisi Erkinjon Nuraliyev. Fargʻona viloyati xalq taʼlimi boshqarmasining 2022-yil 21-fevral kungi buyrugʻi bilan Margʻilon shahridagi 21-sonli umumiy oʻrta taʼlim maktabi direktori lavozimida ishlayotgan Asror Kazimov bilan tuzilgan mehnat shartnomasi bekor qilingan. Ish beruvchining buyrugʻi amaldagi mehnat qonunchiligi talablariga zidligi bois A.Kazimovni ishga tiklash haqida sudga murojaat qilindi. Fuqarolik ishlari boʻyicha Fargʻona viloyat apellatsiya sudlov hayʼatining 2022-yil 24-may kungi qarori bilan A. Kazimov oʻzi ishlagan maktab direktori lavozimiga ishga tiklanib, yigirma yetti million soʻm majburiy bekor yurgan kunlari uchun oʻrtacha ish haqi hamda besh million soʻm maʼnaviy zarar undirib berildi. «Quvasoysement» AJ ishchi-xodimlari 2021-yil uchun ish haqi va jamoa shartnomasida belgilangan toʻlovlar jamiyat tomonidan oʻz vaqtida toʻlamaganligi sababli ushbu toʻlovlarni undirib berishga amaliy yordam soʻrab murojaat qilishdi. Murojaat oʻrganilib, ishchi-xodimlar manfaatini koʻzlab sudga ish oshirildi. Fuqarolik ishlari boʻyicha Fargʻona tumanlararo sudining 2022-yil 7-aprel kungi hal qiluv qarori bilan fuqarolar Gulnoza Isomiddinova, Usmon Ahmadjonov, Shahrixon Yusupova, Nafisa Mahkamova, Nazira Abduvaliyevaga ish haqi shaklidagi toʻlovlar undiriladigan boʻldi, 1 ming 170 nafar ishchi-xodimlarining oyliklarini toʻlash haqida «Quvasoysement» aksionerlik jamiyatiga xususiy ajrim chiqarildi. «Asakabank» AJ Fargʻona viloyat filialining 2022-yil 5-yanvardagi buyrugʻiga koʻra Nargiza Shakirova bilan tuzilgan mehnat shaptnomasi bekor qilingan edi. Kasaba uyushmasi aralashuvi bilan fuqarolik ishlari boʻyicha apellatsiya sudlov xayʼatining 2022-yil 7-iyul kungi qarori koʻra, N. Shakirova oʻz lavozimiga ishga tiklandi va oʻttiz million soʻm majburiy progul kunlari uchun oʻrtacha ish haqi toʻlovlari undirib berildi. Botir Madiyorov, “Xalq soʻzi”.

15:07 22 Iyul 2022 Iqtisodiyot
493 0

Foto: Xalq so‘zi

Oʻzbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining Fargʻona viloyati Kengashi tomonidan xodimlarning mehnat huquqlarini himoyalash, huquq buzilish holatlarining oldini olish, mehnat toʻgʻrisidagi qonun hujjatlariga rioya etilishini nazorat qilish borasida tizimli ishlar amalga oshirilmoqda.

Joriy yil olti oyida viloyat Kengashiga jami 127 ta, shundan 113 ta yozma va 10 ogʻzaki, 4 ta elektron murojaatlar kelib tushdi. Murojaatlarning 37 foizi boʻyicha talablar qanoatlantirilib, 84 nafar fuqarolarning huquqlari tiklandi. 60 ta murojaat boʻyicha tegishli tushuntirishlar berildi.

Xodimlar huquqlarini himoya qilishni koʻzlab ish beruvchilarga qonunbuzilish holatlarini bartaraf etish toʻgʻrisida 22 ta taqdimnoma kiritilib, 14 tasi qanoatlantirildi, 5 tasi rad qilindi, uchtasi hozirda ish beruvchilar tomonidan koʻrib chiqilmoqda. Oʻz navbatida fuqarolik ishlari boʻyicha sudlarga kiritilgan 8 ta daʼvo arizasining 5 tasi qanoatlantirildi, 2 tasi rad etildi, 1 ta daʼvo arizasi sud tomonidan oʻrganilyapti.

Murojaatlar bilan ishlash natijasida xodimlarga qariyb 250 million soʻm miqdorida majburiy progul kunlari uchun ish haqlari, oʻz muddatida toʻlanmagan ish haqlari va unga tenglashtirilgan toʻlovlar, sogʻligʻiga yetkazilgan zarar uchun toʻlovlar undirib berildi.

— Murojaatlarni koʻrib chiqish natijasiga koʻra, 84 nafar shaxsning mehnat qonunchiligi yuzasidan ijtimoiy va iqtisodiy huquqlari tiklanib, qonuniy manfaatlari himoyasi taʼminlandi, — deydi Oʻzbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining Fargʻona viloyati Kengashi raisi Erkinjon Nuraliyev.

Fargʻona viloyati xalq taʼlimi boshqarmasining 2022-yil 21-fevral kungi buyrugʻi bilan Margʻilon shahridagi 21-sonli umumiy oʻrta taʼlim maktabi direktori lavozimida ishlayotgan Asror Kazimov bilan tuzilgan mehnat shartnomasi bekor qilingan. Ish beruvchining buyrugʻi amaldagi mehnat qonunchiligi talablariga zidligi bois A.Kazimovni ishga tiklash haqida sudga murojaat qilindi.

Fuqarolik ishlari boʻyicha Fargʻona viloyat apellatsiya sudlov hayʼatining 2022-yil 24-may kungi qarori bilan A. Kazimov oʻzi ishlagan maktab direktori lavozimiga ishga tiklanib, yigirma yetti million soʻm majburiy bekor yurgan kunlari uchun oʻrtacha ish haqi hamda besh million soʻm maʼnaviy zarar undirib berildi.

«Quvasoysement» AJ ishchi-xodimlari 2021-yil uchun ish haqi va jamoa shartnomasida belgilangan toʻlovlar jamiyat tomonidan oʻz vaqtida toʻlamaganligi sababli ushbu toʻlovlarni undirib berishga amaliy yordam soʻrab murojaat qilishdi.

Murojaat oʻrganilib, ishchi-xodimlar manfaatini koʻzlab sudga ish oshirildi. Fuqarolik ishlari boʻyicha Fargʻona tumanlararo sudining 2022-yil 7-aprel kungi hal qiluv qarori bilan fuqarolar Gulnoza Isomiddinova, Usmon Ahmadjonov, Shahrixon Yusupova, Nafisa Mahkamova, Nazira Abduvaliyevaga ish haqi shaklidagi toʻlovlar undiriladigan boʻldi, 1 ming 170 nafar ishchi-xodimlarining oyliklarini toʻlash haqida «Quvasoysement» aksionerlik jamiyatiga xususiy ajrim chiqarildi.

«Asakabank» AJ Fargʻona viloyat filialining 2022-yil 5-yanvardagi buyrugʻiga koʻra Nargiza Shakirova bilan tuzilgan mehnat shaptnomasi bekor qilingan edi. Kasaba uyushmasi aralashuvi bilan fuqarolik ishlari boʻyicha apellatsiya sudlov xayʼatining 2022-yil
7-iyul kungi qarori koʻra, N. Shakirova oʻz lavozimiga ishga tiklandi va oʻttiz million soʻm majburiy progul kunlari uchun oʻrtacha ish haqi toʻlovlari undirib berildi.

Botir Madiyorov, “Xalq soʻzi”.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?