Kanada davlatining Galifaks shahrida para kanoe boʻyicha jahon chempionati boshlanadi
Bugun Kanada davlatining Galifaks shahrida para kanoe boʻyicha jahon chempionati boshlanadi.
Musobaqaning dastlabki kunida 2 nafar hamyurtimiz startda chiqadi. Jumladan, ayollar oʻrtasida VL3 klassida Muxlisa Eshmirzayeva hamda erkaklar oʻrtasida KL3 klassida Hasan Qoʻldoshev oʻz ishtirokini boshlaydi.
Muxlisa Eshmirzayeva saralashda Braziliya, Buyuk Britaniya, Avstraliya, Yaponiya hamda mezbon Kanada vakillariga qarshi kurash olib borsa, Hasan Qoʻldoshevga Italiya, Polsha, Avstraliya, Yaponiya, Nigeriya va Chililik sportchilar raqiblik qiladi.
Muxlisa Eshmirzayeva ishtirokidagi bellashuv Toshkent vaqti bilan soat 18:45 da, Hasan Qoʻldoshev ishtirokidagi bahs esa 19:05 da boshlanishi rejalashtirilgan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekistonda Kasbiy taʼlim agentligi tashkil etiladi
- Roʻziqul Berdiyevning matbuot anjumanidagi fikrlari yuzasidan surishtiruv oʻtkaziladi
- Tramp Koreya yarimorolidagi mojaroga yakun yasashga vaʼda berdi
- Oʻzbekistonning yangi trayektoriyasi: Asosiy xorijiy transferlar xaritasi
- AQSH Rossiyaga bosim oʻtkazishning muqobil usullarini oʻrganmoqda
- Hindistonda “Montta” sikloni sababli qariyb 90 ming kishi evakuatsiya qilindi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring