Kambagʻallikni qisqartirish masalalari bilan shugʻullanuvchi komissiya tuziladi
Foto: Prezident matbuot xizmati
Prezident bundan buyon Hukumatdan tortib tuman tashkilotigacha barcha boʻgʻindagi rahbarlarning kundalik ishi oilalarni kambagʻallik sharoitidan olib chiqish boʻlishi kerakligini koʻrsatib oʻtdi.
Mutasaddilar bu borada nazorat ham, soʻrov ham qattiq boʻlishi haqida ogohlantirildi.
Bosh prokurorning sohaga oid qonun hujjatlariga rioya etilishi ustidan nazorat uchun masʼul alohida oʻrinbosari tayinlandi.
U har hafta kamida bitta tumanga borib, kambagʻal oilalarni reyestrga kiritish va chiqarishning haqqoniyligini oʻrganadi, kambagʻal oilalarga berilayotgan mablagʻlar egasiga manzilli yetib borishini nazorat qiladi.
Bosh vazir oʻrinbosari boshchiligida kambagʻallikni qisqartirish masalalari bilan shugʻullanuvchi komissiya tuzilishi belgilandi. Ijtiimoiy himoya agentligi direktori unga oʻrinbosar boʻladi.
Viloyat va tuman komissiyalariga hokimlar boshchilik qiladi.
Komissiya har bir viloyatda bittadan tumandagi ishlarni haftalik muhokama qilib, biriktirilgan rahbarlar faoliyatiga baho beradi. Joylarda koʻtarilgan masalalarni zudlik bilan hal qilib boradi. Kambagʻallikni qisqartirish boʻyicha rejalar ijrosi yuzasidan har oyda Prezidentga axborot kiritadi.
Shuningdek, 9 ta iqtisodiy tadqiqot markazlari va oliygohlari ham ilmiy yondashuvlar asosida kambagʻallikni qisqartirish masalalari bilan shugʻullanishi belgilandi.
Yigʻilish davomida mutasaddilarning kun tartibidagi masalalar yuzasidan hisobotlari va rejalari tinglandi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Tinchlik sulhi shartlari bajarilmoqda: Gʻazo 3 nafar, Isroil 90 nafar mahbusni vataniga qaytardi
- Shavkat Mirziyoyev aholi bandligini taʼminlash va kambagʻallikni qisqartirishga oid muhim qarorni imzoladi
- “Eng yaxshi maqolalar” tanlovi gʻoliblari aniqlandi
- Oʻzbekistonda 2025-yil 1-apreldan elektr energiyasi va gaz narxlari oshiriladi
- Harbiy xizmatni oʻtash bilan bogʻliq tartiblar yangilanadi
- Voyaga yetmaganlar o‘rtasida huquqbuzarliklar profilaktikasi tizimi takomillashtirilmoqda
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring