Kambagʻallikdan farovonlik sari qadam qoʻyilmoqda
Saminjon HUSANOV/“Xalq soʻzi”. Andijon viloyatida davlatimiz rahbarining shu yil 23-sentyabrda qabul qilingan “Kambagʻallikdan farovonlik sari” dasturini amalga oshirish boʻyicha birinchi navbatdagi chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi qarori ijrosi doirasida ibratli ishlar yoʻlga qoʻyilgan. Unga muvofiq kam daromadli oilalarni doimiy ish joyi va daromadga yoʻnaltirish, kasb-hunarga oʻrgatish, mavjud muammolarining ijobiy yechimini taʼminlash bilan bir qatorda hududlar infratuzilmasini yaxshilashga ham eʼtibor qaratilyapti. Zero, farovonlik nafaqat oilada, balki mahallalarda ham oʻz ifodasini topmogʻi kerak.
— Turmush oʻrtogʻim vafotidan keyin ikki nafar voyaga yetmagan farzandim bilan qoldim, — deydi Jalaquduq tumanida istiqomat qiluvchi Nargizaxon Xudoyorova. — Birmuncha vaqt mavsumiy ishlar bilan band boʻldim. Tuman hokimligi vakillari xonadonimga kelib, ijtimoiy holatimni oʻrgangach, uyimga yaqin boʻlgan korxonaga ishga joylanishimga amaliy yordam koʻrsatdi. Bundan tashqari, kuz-qish mavsumini qiyinchiliksiz oʻtkazishim uchun oziq-ovqat mahsulotlari va koʻmir bilan taʼminlashdi. Bu eʼtiborga javoban astoydil mehnat qilaman.
Ayni paytda Jalaquduq tumanida 76 ta tashkilot masʼullariga 380 ta ijtimoiy yagona reyestrga kiritilgan oilalar biriktirilgan. Oʻrganish davomida ularning 838 ta muammolari mavjudligi aniqlandi. Hozirda soʻrovlarning 70 foizi ijobiy yechim topdi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Shavkat Mirziyoyev aholi bandligini taʼminlash va kambagʻallikni qisqartirishga oid muhim qarorni imzoladi
- Oʻzbekistonda 2025-yil 1-apreldan elektr energiyasi va gaz narxlari oshiriladi
- “Eng yaxshi maqolalar” tanlovi gʻoliblari aniqlandi
- Harbiy xizmatni oʻtash bilan bogʻliq tartiblar yangilanadi
- Namanganda 3 ta yirik institut bitta universitetga birlashtiriladi
- Voyaga yetmaganlar o‘rtasida huquqbuzarliklar profilaktikasi tizimi takomillashtirilmoqda
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring