Kaliforniya bodomlari Bagʻdodda
Botir MADIYOROV/“Xalq soʻzi”. Bagʻdod tumanining “Yuksalish” MFY hududida joylashgan “Gulnora Matqulobod bodomlari” ishlab chiqarish kooperatsiyasida har oyda oʻrtacha 100 tonna bodom qayta ishlanadi. Uning salmoqli qismi eksportga joʻnatiladi.
Korxonada zamonaviy ishlab chiqarish binosi bunyod etilib, xorijdan qoʻl mehnatini 70 foizgacha qisqartiradigan zamonaviy texnologiyalar olib kelindi. Dastlab oʻz xonadonida bodomni tozalash, qadoqlashni yoʻlga qoʻygan tadbirkor mahalladoshlari uchun 10-15 ta doimiy ish oʻrni yaratgandi. Hozirda tumandagi 10 ga yaqin MFY, qoʻshni tumanlar hisobiga yaratilgan ish oʻrinlari soni 500 taga yetgan.

Ayni paytda kooperatsiya qoshida tashkil etilgan 0,12 gektar tajriba maydonida 30 ming tupdan ortiq eksportbop va serhosil navdagi bodom koʻchatlari parvarishlanib, mevasini oʻzlari sotib olish sharti bilan aholiga bepul tarqatilmoqda.

—Yaqin istiqbolda bodomni sanoat usulida sifatli qayta ishlash faoliyatini “Bagʻdod tajribasi” sifatida ommalashtirish hamda bu borada oʻz brendimizni yaratishni maqsad qilganmiz,—deydi kooperatsiya rahbari Gulnora Usmonova.—Ayni jarayonda jahon bozorida xaridorgir bodom navlari oʻrganilib, ushbu navlarni mahalliy iqlim sharoitiga moslashtirish va hosil salmogʻini oshirish rejalashtirilgan.
Shu maqsadda korxonada AQSHning Kaliforniya shtatida oʻsuvchi bodom hosili tajriba tariqasida olib kelinib, qayta ishlash orqali eksport qilinmoqda.

Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Nega biz haligacha oʻzga sayyoraliklar bilan uchrashmaganmiz?
- Aholi va qishloq xoʻjaligini onlayn roʻyxatga olish boshlanishiga 3 kun qoldi
- 16-yanvar kuni baʼzi joylarda qor yogʻadi
- Koʻrfaz arab davlatlari bozoriga bojsiz kirish imkoni yaratiladi
- Raqamli Oʻzbekiston uchun kiber-huquqshunoslar: Prezident Farmoni yuridik taʼlimning yangi davrini ochadi
- Oʻzbekiston Respublikasining xorijdagi diplomatlaridan iborat delegatsiya aʼzolari Islom sivilizatsiyasi markaziga tashrif buyurdi (+fotoreportaj)
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring