Kayfiyatni yaxshilaydigan ovqatlar ma'lum bo'ldi
Ozgina achchiq ovqat isteʼmol qilish orqali kayfiyatni koʻtarish mumkin. Bu haqda gastroenterolog Yekaterina Girenko maʼlum qildi.
Mutaxassisning tushuntirishicha, achchiq ovqat isteʼmol qilganda quvonch gormoni endorfin ishlab chiqariladi. Uning soʻzlariga koʻra, achchiq ovqatdan quvonch hissi qon aylanishining kuchayishi va serotonin hamda norepinefrin tufayli yuzaga keladi, degan nazariya ham mavjud. Shu bilan birga, Girenko koʻp miqdorda achchiq ovqat zararli ekanligini eslatadi.
Maʼlumot uchun, erdorfin – qisqa muddatli quvonch va eyforiya hissini paydo qiladi. Ushbu gormon bosh miya neyronlarida ishlab chiqariladi. Erdorfin gormoni miqdoriga ultrabinafsha nurlari, shirinliklar isteʼmoli, his-tuygʻular, sport mashqlari taʼsir qiladi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Nega biz haligacha oʻzga sayyoraliklar bilan uchrashmaganmiz?
- 16-yanvar kuni baʼzi joylarda qor yogʻadi
- Raqamli Oʻzbekiston uchun kiber-huquqshunoslar: Prezident Farmoni yuridik taʼlimning yangi davrini ochadi
- Oʻzbekiston Respublikasining xorijdagi diplomatlaridan iborat delegatsiya aʼzolari Islom sivilizatsiyasi markaziga tashrif buyurdi (+fotoreportaj)
- Koʻrfaz arab davlatlari bozoriga bojsiz kirish imkoni yaratiladi
- Dunyo boʻylab qon va koʻzyosh bilan oʻtgan bir hafta — 20 ta suratda
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring