Yoʻldagi har bir qadam masʼuliyat talab etadi

Har bir haydovchining avtomobil ruli oldidagi daqiqasi, har bir piyodaning yoʻldan oʻtish lahzasi hayot va xavf oʻrtasidagi chegaradir. Ayrimlar bu masʼuliyatni anglamay, ehtiyotsizlik qilishi natijasida yoʻllarda fojialar yuz bermoqda.
Andijon viloyatida joriy yilning oʻtgan davri mobaynida 351 ta yoʻl-transport hodisasi sodir boʻlib, 315 nafar fuqaro jarohat olgan, 77 nafari esa hayotdan bevaqt koʻz yumgan. Asosiy sabablar haydovchilarning tajribasizligi, belgilangan tezlik meʼyorlariga amal qilmaslik, qarama-qarshi tomonga oʻtib ketish va piyodalarning belgilanmagan joylardan yoʻlni kesib oʻtishi bilan bogʻliq ekani aniqlangan.
— Yil boshidan buyon yoʻllardagi harakat xavfsizligini taʼminlash maqsadida bir qator ishlar amalga oshirilmoqda, — deydi viloyat YHXB katta mutaxassisi Abdumajid Raimjonov. — Xususan, tuman va shaharlardagi gavjum koʻchalarda piyodalar belgilanmagan joydan oʻtishining oldini olish uchun 21171 metr uzunlikda temir panjaralar oʻrnatildi. Shuningdek, 15 ta tugmachali piyoda svetoforlari ishga tushirildi. Andijon shahri markaziy koʻchalari raqamli intellektual kameralar bilan jihozlandi.
Mutasaddilarning taʼkidlashicha, amalga oshirilayotgan choralar yoʻllarda xavfsizlikni taʼminlash, piyodalar va haydovchilar oʻrtasida intizomni mustahkamlashga xizmat qilmoqda. Shu bilan birga, mahallalarda yoʻl harakati qoidalariga rioya etish boʻyicha tushuntirish ishlari ham izchil davom etmoqda.
Saminjon HUSANOV
“Xalq soʻzi”.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- 21-oktyabr – Oʻzbek tili bayrami kuni
- Samarqandda YUNESKOning 43-sessiyasiga tayyorgarlik avjida
- Aholi va qishloq xoʻjaligini roʻyxatga olishga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazish tartibi belgilandi
- Hududlarda 34 ta yuqori texnologiyali sanoat loyihalari amalga oshiriladi
- Endilikda muddati oʻtgan tovarlarning sotilishi avtomatik ravishda cheklanadi
- Xorijiy tillarni oʻrganmoqchi boʻlgan yoshlarga “2+6” dasturiga muvofiq subsidiya ajratiladi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring