Yil oxirigacha Kuala-Lumpur va Toshkent shaharlari oʻrtasida toʻgʻridan-toʻgʻri aviaqatnovlar yoʻlga qoʻyiladi
Malayziyaning yirik kundalik nashrlaridan boʻlgan “The New Straits Times” gazetasida “Yil oxirigacha “Batik Air” Kuala-Lumpur va Toshkent shaharlari oʻrtasida toʻgʻridan-toʻgʻri aviaqatnovlarni yoʻlga qoʻyadi” sarlavhali maqola eʼlon qilindi.
Maqolada “Batik Air” (sobiq “Malindo Air”) loukoster aviakompaniyasining strategik rivojlanish boʻyicha direktori Chandran Rama Muti ushbu aviatashuvchi Malayziya va Oʻzbekiston oʻrtasida haftasiga uch marta aviaqatnovlar amalga oshirish rejalashtirilayotgani, birinchi reys shu yilning noyabr yoki dekabr oylarida boshlanishini maʼlum qilgan.
Chandran Rama Mutining “The New Straits Times” gazetasi muxbiri bilan suhbatda bildirishicha, “Batik Air” ayni paytda Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroporti rasmiylari bilan muzokaralar olib bormoqda va parvozlarni boshlash uchun ruxsat berilishini kutmoqda. “Toshkent Qozogʻistonning Olmaota shahri bilan solishtirganda kattaroq bozor. Biz hali Toshkent xalqaro aeroporti bilan muzokaralar olib boryapmiz. Toshkent xalqaro aeroporti Oʻzbekistondagi eng yirik xalqaro aeroport boʻlib, 2019-yilda yoʻlovchi tashish hajmi boʻyicha Markaziy Osiyo aeroportlari ichida uchinchi oʻrinni egallagan.
“Payshanba kuni “Uzbekistan Airports” AJ Singapurning “Changi Airports International” kompaniyasi bilan Toshkent xalqaro aeroportini rivojlantirish boʻyicha hamkorlikni yoʻlga qoʻyganligini eʼlon qildi, chunki Oʻzbekistonda turizm sanoati jadal surʼatlarda rivojlanmoqda”, deydi Chandran Rama Muti.
Maqolada taʼkidlanishicha, Toshkent xalqaro aeroporti bilan bir qatorda “Oʻzbekiston havo yoʻllari” milliy aviakompaniyasi ham oʻz parvozlarini butun dunyo boʻylab, jumladan, Kuala-Lumpurgacha jadallik bilan kengaytirmoqda”.
Aviakompaniya 2022-yil noyabr oyidan boshlab haftasiga ikki marta Toshkent-Kuala-Lumpur yoʻnalishi boʻyicha toʻgʻridan-toʻgʻri aviaqatnovlarni yoʻlga qoʻydi. U Toshkentdan Parij, Milan, Pekin, Tokio va Jakartaga ham parvozlarni amalga oshirmoqda.
“Oʻzbekiston havo yoʻllari” milliy aviakompaniyasi joriy yilning iyun oyidan Bangkok shahriga parvozlarni yoʻlga qoʻyadi.
“Batik Air” “Kuala-Lumpur-Toshkent” yoʻnalishida “Boing” kompaniyasining tor fyuzelyajli “B737 MAX8» yoki “Airbus”ning keng fyuzelyajli “A330» samolyotlaridan foydalanishi mumkin, chunki ular 8,5 soatgacha parvoz qilishi mumkin.
Maʼlumot oʻrnida taʼkidlash joiz, “The New Straits Times” gazetasi 1845-yilda Malayziyadagi yagona ingliz tilidagi koʻp sahifali nashr oʻlaroq tashkil etilgan boʻlib, u mamlakatning eng koʻhna gazetasi hisoblanadi. Kundalik tiraji 200 ming nusxadan oshadi. Elektron nashrining kundalik oʻquvchilari soni 5 milliondan ortiq.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Shavkat Mirziyoyev aholi bandligini taʼminlash va kambagʻallikni qisqartirishga oid muhim qarorni imzoladi
- Oʻzbekistonda 2025-yil 1-apreldan elektr energiyasi va gaz narxlari oshiriladi
- “Eng yaxshi maqolalar” tanlovi gʻoliblari aniqlandi
- Harbiy xizmatni oʻtash bilan bogʻliq tartiblar yangilanadi
- Voyaga yetmaganlar o‘rtasida huquqbuzarliklar profilaktikasi tizimi takomillashtirilmoqda
- Namanganda 3 ta yirik institut bitta universitetga birlashtiriladi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring