Buyuk Britaniyada Ukrainaga qoʻshin yuborish masalasi ovozga qoʻyiladi
Buyuk Britaniya hukumati oʻt ochish toʻxtatilgandan soʻng Ukrainaga qoʻshin yuborish masalasini parlamentda ovozga qoʻyadi. Bu haqda Buyuk Britaniya bosh vaziri Kir Starmer maʼlum qildi. Uning soʻzlarini TASS keltirdi.
Qayd etilishicha, Kir Starmer, Fransiya prezidenti Emmanuel Makron va Ukraina yetakchisi Vladimir Zelenskiy tinchlik kelishuviga erishilgan taqdirda qoʻshin joylashtirish niyatini koʻzda tutuvchi deklaratsiyani kelishib olgan.
“Bunday imkoniyat paydo boʻlishi bilan barcha tafsilotlar haqida alohida bayonot beriladi. Vaziyat rivojlanib borayotganini inobatga olgan holda, men parlamentni barcha yangiliklardan xabardor qilib boraman. Agar qoʻshinlar imzolangan deklaratsiya doirasida joylashtiriladigan boʻlsa, men bu masalani Jamoatlar palatasida ovozga qoʻyaman”, — dedi Starmer Quyi palatada soʻzlagan nutqida.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Nega biz haligacha oʻzga sayyoraliklar bilan uchrashmaganmiz?
- Aholi va qishloq xoʻjaligini onlayn roʻyxatga olish boshlanishiga 3 kun qoldi
- Erkinjon Turdimov: “Muammo binoda emas, muammo rahbar va uning ish uslubida”
- Prezident prokuratura organlari xodimlari va faxriylariga tabrik yoʻlladi
- “Katta sakrash” yoxud Oʻzbekiston sunʼiy intellekt va raqamli texnologiyalar rivojida yangi bosqichga qadam qoʻydi
- Oʻzbekistonda 2025-yilda 150 tonnadan ortiq sifatli qon tayyorlangan
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring