“Yil odami” kim boʻladi: Ilon Mask, Donald Tramp, Binyamin Netanyahu yoki...
TIME “2024-yil odami” uchun ham oʻz nomzodlarini eʼlon qildi. Ular orasida Ilon Mask, Yuliya Navalnaya, Donald Tramp va Binyamin Netanyahu ham bor.
Jurnal 1927-yildan beri “yaxshi yoki yomon boʻlishidan qatʼi nazar”, soʻnggi 12 oy ichida dunyoga eng katta taʼsir koʻrsatgan shaxs, guruh yoki konsepsiyani tanlab keladi.
Qayd etish kerakki, TIME Ilon Maskni 2024-yilda “siyosat olamiga qadam qoʻygan dunyodagi eng boy odam” deb atadi. Jurnal mutaxassislarining fikriga koʻra, Binyamin Netanyahu “bu yilning dunyodagi eng kuchli va ziddiyatli liderlardan biri”, Yuliya Navalnaya “Rossiya muxolifatining birinchi xonimi”, Donald Tramp esa “jinoyatda aybdor deb topilgan birinchi saylangan prezident”dir.
Toʻliq roʻyxat quyidagicha koʻrinishga ega:
1. AQSH vitse-prezidenti Kamala Harris;
2. Uels malikasi Keyt Middlton;
3. Tadbirkor Ilon Mask;
4. Aleksey Navalniyning bevasi Yuliya Navalnaya;
5. Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyahu;
6. AQSH Federal zaxira tizimi raisi Jerom Pauell;
7. Podkaster Jo Rogan;
8. Meksika prezidenti Klaudiya Sheynbaum;
9. AQSH boʻlajak prezidenti Donald Tramp;
10. Meta bosh direktori Mark Sukerberg.
Jurnal 12-dekabr kuni oʻzining “Yil odami”ni eʼlon qiladi.
Eslatib oʻtamiz, Amerikalik 35 yoshli qoʻshiqchi Teylor Svift TIME jurnali tomonidan 2023-yil uchun “Yil odami” deb topilgan edi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Ilm-fan sohasida xotin-qizlarga yaratilgan imkoniyatlarga bagʻishlangan anjuman
- Oʻzbekistonda inson aʼzolarini 3D bioprinterda chop etish imkoniyati yaratilmoqda
- Bedilni xalqqa tanitgan xattot
- Milliy naqshlarda oʻzligimiz namoyon
- Nodavlat sud-eksperti sifatida faoliyat yuritish yanada soddalashtiriladi
- “Istanbul Bashakshehir” mehmondan gʻalaba bilan qaytdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring