Yil boshidan hududlarda byudjetga tushum 26 foizga oʻsdi

11:52 16 Iyun 2025 Siyosat
281 0

Yil boshidan hududlarda byudjetga tushum 26 foizga oʻsdi. Lekin Qoraqalpogʻiston, Jizzax, Qashqadaryo va Xorazmda oʻsish respublika boʻyicha oʻrtacha koʻrsatkichga ham chiqmadi.

Yer, mol-mulk va suv soliqlari mahalliy byudjetda qoldirilmoqda. Lekin faqat shu soliqlarni uyma-uy yurib undirishga soliqchilarning 70-80 foiz vaqti sarflanmoqda.

“Bu 1 soʻm soliq yigʻish uchun 2 soʻm resurs sarflash bilan barobar emasmi?

Aslida, Soliq qoʻmitasi rahbariyati, viloyat, tuman soliq rahbarlari televideniye, gazeta, ijtimoiy tarmoqlarda chiqib, soliq toʻlash majburiyat emas, konstitutsiyaviy burch ekanini tushuntirsa, soliqlarni odamlarni oʻzi toʻlab qoʻyadiku!

Agar mahalladagi soliqchi bunga ketgan vaqtini soliq bazasini kengaytirishga sarflasa, tushum karra-karra oshadi”, - dedi Prezident.

Mutasaddilarga mahallada yer, mol-mulk, suv soliqlarini undirishning yangi mexanizmini ishlab chiqish topshirildi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?