Yil boshidan buyon 200 mlrd soʻmlik 670 dan ortiq qishloq xoʻjaligi texnikalari lizing asosida yetkazib berildi

23:24 19 Oktyabr 2022 Iqtisodiyot
894 0

Foto: Arxiv surat

Bu haqda AOKAda «Oʻzavtosanoat» AJ mutasaddilari, tizim tashkilotlari rahbarlari, «Avtosanoat agro lizing» kompaniyasi vakillari ishtirokida oʻtkazilgan matbuot anjumanida maʼlum qilindi.

1-yanvar 2022-yildan oʻz faoliyatini boshlagan «Avtosanoat agro lizing» faoliyatining asosiy yoʻnalishi mamlakatimiz qishloq xoʻjaligi texnikalarini ishlab chiqaruvchilarning mahsulotlarini subsidiyali va imtiyozli shartlarda fermer xoʻjaliklari va klasterlarga lizing asosida yetkazib berishdan iboratdir.

Bugungi kunda “Toshkent qishloq xoʻjaligi texnikasi zavodi”, “Chirchiq qishloq xoʻjaligi texnikasi zavodi”, “Agregat zavodi”, “Texnolog” aksiyadorlik jamiyatlari, «UzKlaasAgro», «Lemken Chirchiq» qoʻshma korxonalari hamda «Toshkent agro traktor» MCHJ kabi mahalliy va xorijiy ishlab chiqaruvchilar, yetkazib beruvchilar bilan yaqindan hamkorlik yoʻlga qoʻyilgan.

Qishloq xoʻjaligi texnika va agregatlariga texnika umumiy qiymatining 15 foizi miqdorida subsidiya ajratish hamda lizing foizining 10 foizdan yuqori qismini subsidiya asosida davlat tomonidan qoplanishi koʻzda tutilgan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?