“Yil ayoli”: eng faol xotin-qizlar aniqlanib, ragʻbatlantiriladi
Keyingi yillarda mamlakatimizda xotin-qizlarning jamiyatdagi roli va nufuzini oshirish masalasiga doimiy eʼtibor qaratib kelinmoqda. Aniqroq aytadigan boʻlsak, opa-singillarimiz huquq va manfaatlarini himoya qilish, gender tenglikni taʼminlash davlat siyosatining ustuvor yoʻnalishlaridan biri sifatida belgilanib, bu borada dadil qadamlar tashlandi.
Buni bugun Oliy Majlis Senatida gender komissiyasi hamda Xotin-qizlar va gender tenglik masalalari boʻyicha qoʻmita samarali faoliyat olib borayotgani misolida ham koʻrish mumkin.
Senat tomonidan tashkil etilgan “Yil ayoli” milliy tanlovi ham ana shu maqsadga yoʻnaltirilgani bilan alohida ahamiyatga ega. Mazkur tanlovdan koʻzlangan asosiy maqsad Vatanimiz ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishida oʻz hissasini qoʻshayotgan, jamoatchilik ishlarida faol, har tomonlama namunali xotin-qizlarni aniqlash, ularning faoliyatini keng ommaga yetkazish, hayotiy va ish tajribasini ommalashtirish, ularni munosib ragʻbatlantirishdan iborat.
Kuni kecha milliy tanlovning tuman (shahar) bosqichlari yakunlandi. Ularda ishtirok etgan faol opa-singillarimiz 3
Hakamlar tomonidan ularning jamiyat hayotidagi faolligi, yutuqlari, intilishlari va amalga oshirayotgan ishlarining yurt taraqqiyotidagi oʻrniga alohida eʼtibor qaratildi.
Tanlovning tuman bosqichlarida qator nominatsiyalar boʻyicha gʻoliblar aniqlanib, tashkilotchilar tomonidan ragʻbatlantirildi.
Endilikda gʻoliblar tanlovning viloyat bosqichlarida salohiyatlarini yana bir bor sinovdan oʻtkazadi.
“Xalq soʻzi”.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- AQSH Adliya vazirligi Epshteyn ishi boʻyicha 3 millionta faylni eʼlon qildi
- Tramp Kubadan kelayotgan tahdid sabab AQSHda favqulodda holat eʼlon qildi
- Oʻzlikni anglash sari muhim qadam: “Milliy qadriyatlar atlasi” kitob-albomi taqdimot qilindi (+video)
- Buyuk shoirning Samarqanddagi tabarruk izlari
- Urush, jasorat va sport: hafta davomida dunyo eʼtiborini tortgan 10 ta surat
- “Humans” Oʻzbekistondan yuzlab million dollar zararni qoplashni talab qilmoqda
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring