Yigʻilishda oʻzboshimchalik bilan va noqonuniy qurilgan obyektlarni tartibga olish boʻyicha mutlaqo yangi tizim joriy qilinishi belgilandi
Prezident raisligida uy-joy, qurilish, kommunal xoʻjaligi, transport va ekologiya sohalarida amalga oshirilgan ishlar va ustuvor vazifalar yuzasidan yigʻilish boʻlib oʻtmoqda.
Yigʻilishda oʻzboshimchalik bilan va noqonuniy qurilgan obyektlarni tartibga olish boʻyicha mutlaqo yangi tizim joriy qilinishi belgilandi.
Bunda, Qurilish vazirligi, Kadastr agentligi va “Oʻzbekkosmos” boshchiligida respublika komissiyasi tuziladi.
Komissiya muntazam ravishda hududlarning aero va kosmik suratlarini olib, tahlil qiladi va oldingi suratlar bilan tafovutlarni aniqlaydi va noqonuniy qurilishlar roʻyxatini shakllantiradi.
Qurilish vazirligiga viloyat hokimlari bilan birga joriy yilda 170 ta, kelasi yilda esa kamida 300 ta shahar va shaharchaning bosh rejasini ishlab chiqishga topshiriq berildi.
Shuningdek, har bir ishlab chiqilgan rejani aholi bilan muhokama qilish va ijrosi boʻyicha jamoatchilik nazoratini oʻrnatish muhimligi taʼkidlandi.
Buning uchun “Mening hududim” platformasi ishga tushirilib, shaharsozlik hujjatlarini ishlab chiqishda jamoatchilik fikrini oʻrganish va ovoz berish mexanizmini joriy qilish topshirildi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Shavkat Mirziyoyev aholi bandligini taʼminlash va kambagʻallikni qisqartirishga oid muhim qarorni imzoladi
- Oʻzbekistonda 2025-yil 1-apreldan elektr energiyasi va gaz narxlari oshiriladi
- “Eng yaxshi maqolalar” tanlovi gʻoliblari aniqlandi
- Harbiy xizmatni oʻtash bilan bogʻliq tartiblar yangilanadi
- Voyaga yetmaganlar o‘rtasida huquqbuzarliklar profilaktikasi tizimi takomillashtirilmoqda
- Namanganda 3 ta yirik institut bitta universitetga birlashtiriladi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring