Ijodiy imtihon topshiradigan abituriyentlarga alohida ruxsatnomalar berish joriy qilindi

13:49 03 Iyul 2024 Ilm-fan
288 0

Foto: «Xalq soʻzi»

Joriy yil kasbiy (ijodiy) imtihon topshiradigan abituriyentlar uchun alohida ruxsatnomalar berish tartibi ishlab chiqildi. Bu haqda Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi maʼlum qildi.

Ruxsatnomada abituriyent haqidagi maʼlumotlardan tashqari imtihon haqidagi maʼlumotlar ham mavjud boʻladi. Yaʼni, unda kasbiy (ijodiy) imtihon oʻtkaziladigan yoʻnalish, oliy taʼlim muassasasi nomi, manzili, sanasi va vaqti aniq koʻrsatilgan boʻladi.

Hozirda ruxsatnomalar my.uzbmb.uz saytida shakllantirilmoqda. Jarayon yakunlangandan soʻng, abituriyentlar shaxsiy kabinetidan yuklab olishlari mumkin boʻladi.

Avvalroq 1-25-iyul kunlari ijodiy imtihonlar oʻtkazilishi haqda xabar bergandik.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер