Ijod haqida taniqli yozuvchi-shoirlarning fikrlari
“Taassuf, shunday odamlar borki, asarni faqat yozuvchining xatolarini topish uchungina mutolaa qiladi”.
Vovenarg Lyuk de Klapye
“Har bir ijodkor oʻz asarida, beixtiyor, qaysidir maʼnoda oʻzini tasvirlaydi”.
Gyote
“Koʻpchilik yozuvchilar haqiqatni oʻzlarining eng katta boyligi deb hisoblaydi va aynan shuning uchun undan tejamkorlik bilan foydalanishadi”.
Mark Tven
“Yozuvchi yoshi bilan emas, boshi bilan ijod qilishini unutmaslik lozim”.
Migel de Servantes
“Birgina siyosiy tizim borki, unda yaxshi yozuvchi boʻlishning aslo iloji yoʻq. Bu tizimning nomi — fashizm. Chunki, fashizm banditlar tomonidan boshqariladigan soxta jamiyatdir. Shu maʼnoda, adabiyotga yolgʻon olib kirishni istamagan yozuvchi fashizm ostida na yashay, na ijod qila oladi”.
Ernest Xeminguey
“Yozuvchining missiyasi sivilizatsiyaning oʻz-oʻzini yoʻq qilishdan himoya qilishdan iborat”.
Alber Kamyu
“Ommaviy komediyachi” boʻlishni istamagan har qanday yozuvchining yagona istagi — oʻz davri qadriyatlarini boyitish sanaladi va u har tomonlama bunga intilishi maqsadga muvofiqdir”.
Onore de Balzak
“Biz umuman tabib emasmiz, biz naq ogʻriqning oʻzimiz”.
Aleksandr Gersen
“Oʻzim uchun yozaman, pul uchun nashr qilaman”.
Aleksandr Pushkin
“Toʻgʻri, yozuvchi koʻp yozishi kerak, faqat shoshilmaslik sharti bilan”.
Anton Chexov
“Yozuvchining birgina ustozi bor, bu — oʻquvchi”.
Nikolay Gogol
“Qalamni qoʻlimga olishdan avval oʻzimga uchta savol beraman: nima yozmoqchiman, qanday yozmoqchiman va nima uchun yozmoqchiman?”
Maksim Gorkiy
“Fikrlar parvoz qiladi, soʻzlar esa odimlaydi. Bu yozuvchining haqiqiy azobidir”.
Jon Grin
“Yozuvchi bir vaqtning oʻzida ham tadqiqot, ham tajriba bilan shugʻullanadi”.
Emil Zolya
“Yozuvchining tahayyuli eng oddiy tuygʻulardan dunyoga keladi”.
Andre Morua
Toʻplovchi va tarjimon Maqsuda Yoʻldoshova
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Komiljonov Muxammadsolih Sobirjon oʻgʻlining “Salomatlik landshaftlarini tashkil etish tamoyillarini ishlab chiqish” mavzusidagi (arxitektura fanlari boʻyicha) falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasining himoyasi eʼloni
- «Yevroosiyo Banki» Aksiyadorlik jamiyatining tugatish komissiyasi xabari
- Doʻstlik va hamkorlikni kengaytirgan forum (+fotoreportaj)
- Namangan – yangilanish va goʻzallik shahri
- Oʻzbekiston yoki Misr. Qaysi terma jamoa kuchli?
- Yangilanayotgan Markaziy Osiyo: birlik, doʻstlik va hamkorlikning yangi bosqichi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring