Ijaradagi yerni sotmoqchi boʻlgan MCHJ rahbari qoʻlga tushdi

Navoiy viloyatida 30 gektar yer maydonini sotmoqchi boʻlgan MCHJ rahbari ushlandi, deb xabar bermoqda Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti.
Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Navoiy viloyati boshqarmasi, DXX va IIB xodimlari hamkorligida tezkor tadbir oʻtkazilgan.
Maʼlum qilinishicha, “A.N.” MCHJ rahbari J.A. korxonaga Nurota tumani hududidan ijara shartnomasi asosida ajratilgan 30 gektar yer maydonini fuqaro K.X.ga rasmiylashtirib olib berishi evaziga 350 mln soʻmni firibgarlik yoʻli bilan olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Yurakka ko‘milar asl shoirlar”
- Mirzo Bobur – buyuk imperiya asoschisi
- Navoiy viloyatida 2025-yil “Alisher Navoiy yili” deb nomlanadi
- Milliy gvardiyaga yangi vakolat berildi
- Xotin-qizlarning bandligini ta’minlash va tadbirkorlikka jalb qilish masalalari muhokama qilindi
- Prezident “Alisher Navoiy va Sharq Renessansi” IV xalqaro simpoziumi ishtirokchilariga tabrik yoʻlladi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring