Izboskanda ishlab chiqarilgan mahsulot xorijda oʻz xaridoriga ega boʻlmoqda
Foto: “Xalq soʻzi”
Izboskan tumanidagi “And gold” MCHJda yilning shu davriga qadar 5400 tonna mahsulot ishlab chiqarishga erishildi. Eʼtiborli jihati shundaki, mahsulot 100 foiz xorijga eksport qilinmoqda.
— Korxonamizda paxta xom ashyosidan kalava ip tayyorlash, toʻqilgan tekstil matosidan bolalar, ayollar va erkaklar uchun kiyim-kechak ishlab chiqarish yoʻlga qoʻyilgan, — deydi korxona rahbari Farhodbek Toshmatov. — Eʼtiborli jihati, mahsulot 5 ta xorijiy davlatga eksport qilinmoqda. Hozirda jamoamizda 1000 nafar ishchilar mehnat qilyapti. Tez kunlarda Asaka tumanida qiymati 10 mln. dollar boʻlgan yangi loyihani ishga tushirish natijasida ishchilar soni va mahsulot hajmini oshirish imkoniyati yaratiladi.
Shu oʻrinda aytish joizki, Andijon viloyatida tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlashga boʻlgan eʼtibor har doimgidan ortgan. Bu esa yilning oʻtgan davri mobaynida 2378 ta yangi subyektlarning tashkil etilishiga sabab boʻldi. Natijada hududda mahsulot ishlab chiqarish hajmi 28,8 trillion soʻmni tashkil etdi.
Saminjon HUSANOV, “Xalq soʻzi”.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Shavkat Mirziyoyev aholi bandligini taʼminlash va kambagʻallikni qisqartirishga oid muhim qarorni imzoladi
- Oʻzbekistonda 2025-yil 1-apreldan elektr energiyasi va gaz narxlari oshiriladi
- Harbiy xizmatni oʻtash bilan bogʻliq tartiblar yangilanadi
- “Eng yaxshi maqolalar” tanlovi gʻoliblari aniqlandi
- Namanganda 3 ta yirik institut bitta universitetga birlashtiriladi
- Voyaga yetmaganlar o‘rtasida huquqbuzarliklar profilaktikasi tizimi takomillashtirilmoqda
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring