Izboskan tumaniga yangi hokim tayinlandi

Ahmadaliyev Abrorbek Qosimjonovich Andijon viloyatining Izboskan tumani hokimi lavozimiga tayinlandi. Bu haqida viloyati hokimligi matbuot xizmati xabar berdi.
Abrorbek Ahmadaliyev ushbu lavozimga tayinlanguniga qadar Andijon viloyati Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik bosh boshqarmasi boshligʻi lavozimida faoliyat yuritib kelayotgan edi.
Abror Ahmadaliyev 1988-yilda Izboskan tumanida tugʻilgan. 2012-yilda Andijon mashinasozlik institutini tamomlagan.
Mehnat faoliyati davomida Andijon viloyati iqtisodiyot bosh boshqarmasi 1-toifali mutaxassisi, Andijon viloyati hokimligi axborot-tahlil xizmati bosh mutaxassisi, Andijon viloyati hokimligi moliya-iqtisodiyot va kambagʻallikni qisqartirish masalalari boʻyicha kotibiyatining mudiri, Andijon viloyati Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik bosh boshqarmasi boshligʻining oʻrinbosari — Mahallabay ishlash va tadbirkorlikni rivojlantirish boshqarmasi boshligʻi vazifalarida faoliyat yuritgan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekistonda doimiy aholi soni har kuni necha kishiga oshyapti?
- Shahram Gʻiyosov tajribali raqibini muddatdan oldin magʻlub etdi
- Yana bir bozor auksionga qoʻyildi
- Samarqand yana bir nufuzli forumga mezbonlik qiladi
- Oʻzbekiston pasporti xalqaro indeksda past natija qayd etdi
- Markaziy bank shoshilinch ogohlantirish bilan chiqdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring