Iyun oyida Ukrainada 232 nafar tinch aholi halok boʻldi

Illyustrativ foto
2025-yil iyun oyida Ukrainada 232 nafar tinch aholi halok boʻlgan va 1343 nafar fuqarolar turli darajada yaralandi. Bir oyda qurbon boʻlganlar soni 2022-yilning fevralida Rossiyaning keng koʻlamli bostirib kirishi boshlanganidan beri eng yuqori darajaga chiqqan. Bu haqda BMTning Ukrainadagi Inson huquqlari monitoring missiyasi xabar qildi.
Qayd etilishicha, bir yil ichida zarbalar soni 10 barobar oshgan hamda mamlakatning 27 ta hududidan 17 tasida tinch aholiga hujumlar uyushtirilgan. Halok boʻlgan va yaralangan tinch aholining katta qismi Kiyev nazorati ostidagi hududda boʻlgan.
BMT maʼlumotlariga koʻra, 2025-yilning birinchi yarmida Ukrainada 6754 nafar tinch aholi halok boʻlgan yoki yaralangan. Bu 2024-yilning shu davriga nisbatan 54 foizga yuqori koʻrsatkichdir.
Maʼlumotlarga koʻra, “qisqa masofaga uchuvchi uchuvchisiz samolyotlarning koʻpayishi front chizigʻiga yaqin joylashgan aholi punktlariga halokatli taʼsir koʻrsatgan”. Tashkilot Xerson va Donetsk viloyatlariga berilayotgan zarbalar oqibati ogʻir boʻlayotganini alohida taʼkidladi.
BMT missiyasi mojarolar boshlanganidan buyon kamida 13 580 tinch aholining, jumladan 716 bolalarning oʻlimini, shuningdek, 34 115 kishi hamda 2 173 nafari bolalar jarohat olganini qayd etdi.
Avvalroq Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov Kuala-Lumpurda AQSH Davlat kotibi Marko Rubio bilan uchrashgani haqida xabar qilgandik. Unda diplomatlar Ukrainadagi mojaro va ikki davlat oʻrtasidagi hamkorlik istiqbollarini muhokama qilgan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekistonda dollar kursi pastladi
- “Bunyodkor” murabbiyi Sergey Arslanov vafot etdi
- Qondagi glyukozani pasaytirish uchun kechki ovqatlanishning ideal vaqti maʼlum boʻldi
- Kamchatka sohillaridagi kuchli zilziladan soʻng Oʻzbekiston Konsulligi vatandoshlarimizga murojaat qildi
- Sardobaning siri nimada?
- Toshkentda “Iqtisodiyot va biznes boshqaruvi sohalarida ilgʻor tadqiqotlar” mavzusidagi xalqaro ilmiy simpozium oʻtkazildi (+fotoreportaj)
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring