AQSH va Rossiya Ukrainadagi mojaro va ikki tomonlama hamkorlikni muhokama qildi
Foto: Rossiya TIV
Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov Kuala-Lumpurda AQSH Davlat kotibi Marko Rubio bilan uchrashdi. Diplomatlar, jumladan, Ukrainadagi mojaro va ikki davlat oʻrtasidagi hamkorlik istiqbollarini muhokama qildilar.
Uchrashuvning asosiy tafsilotlari
Lavrov va Rubio Ukraina mojarosi, Eron va Suriya atrofidagi vaziyat va boshqa baʼzi xalqaro masalalar yuzasidan fikr almashgan.
Ular Rossiya va AQSH oʻrtasidagi iqtisodiy va gumanitar hamkorlikni va mamlakatlar oʻrtasida toʻsiqsiz aloqalarni tiklashga sodiqliklarini tasdiqladilar.
Bunga toʻgʻridan-toʻgʻri reyslarni qayta tiklash yordam berishi mumkin.
Diplomatlar diplomatik vakolatxonalar faoliyatini normallashtirishga qaratilgan saʼy-harakatlarni davom ettirish tarafdori ekanini bildirgan.
Ikki davlat tashqi siyosat idoralari oʻzaro manfaatli masalalar boʻyicha konstruktiv va oʻzaro hurmatga asoslangan muloqotni davom ettiradi.
Uchrashuv AСEAN tadbirlari doirasida boʻlib oʻtdi. Unda Rossiya tomonidan Tashqi ishlar vazirligi Shimoliy Atlantika departamenti direktori vazifasini bajaruvchi Kirill Mixaylov va shu departament boʻlimi boshligʻi Aleksandr Posilkin ham ishtirok etdi. AQSH tomonidan unda Davlat kotibining siyosiy masalalar boʻyicha oʻrinbosari Alison Xuker va siyosiy rejalashtirish direktori Maykl Anton ishtirok etdi.
Bungacha Lavrov va Rubio bir necha bor telefon orqali gaplashgan va fevral oyida Ar-Riyodda boʻlib oʻtgan Rossiya — AQSH muzokaralarida birinchi marta shaxsan uchrashgan. Oʻshanda tomonlar mamlakatlar oʻrtasidagi munosabatlarni normallashtirish boʻyicha ishlarni boshlashga kelishib olgan edi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- AQSH va Britaniya Suriya muvaqqat prezidenti Axmad ash-Sharʼani “qora roʻyxat”dan chiqardi
- G20 sammitining Janubiy Afrikada oʻtkazilishi sharmandali holat – Tramp
- “Oltin kuz” II Xalqaro kamer va simfonik musiqa festivali boʻlib oʻtadi
- Mashinada xavfsizlik kamarini taqish mumkin boʻlmagan kasalliklar roʻyxati tasdiqlanadi
- Oʻzbekiston U-17 terma jamoasi Jahon chempionatidagi ikkinchi oʻyinida magʻlub boʻldi
- Oʻzbekiston milliy terma jamoasining xalqaro musobaqa uchun qaydnomasi eʼlon qilindi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring