Iyun oyida 135,6 milliard soʻmlik energiya resurslaridan noqonuniy foydalanildi

Iyun oyi mobaynida qiymati 136 milliard soʻmdan ortiq boʻlgan energiya resurslaridan noqonuniy foydalanilgan. Bu haqda Oʻzenergoinspeksiya xabar berdi.
Qayd etilishicha, soʻnggi bir oyda oʻtkazilgan nazorat tadbirlarida isteʼmolchilar tomonidan energiya resurslaridan noqonuniy foydalanish boʻyicha 234 ta holat aniqlandi.
Shuningdek, 50,6 million kVt⋅soat elektr energiyasi (103 mlrd soʻm) va 12,4 million metr kub tabiiy gaz (32,6 mlrd soʻm) talon-toroj qilinishi natijasida jami 135 milliard 669 million soʻm zarar qayta hisob-kitob qilindi.
Bundan tashqari, isteʼmolchilar tomonidan energiya resurslaridan foydalanish qoidalarini buzish bilan bogʻliq huquqbuzarlik boʻyicha 471 ta maʼmuriy ish rasmiylashtirildi.
“Qoidabuzar isteʼmolchilarga nisbatan belgilangan tartibda choralar koʻrilib, tegishli hujjatlar huquqni muhofaza etuvchi organlarga taqdim qilindi”, deyiladi xabarda.
Avvalroq Qashqadaryoda fuqaroga 82 million soʻmdan ortiq maoshi va maʼnaviy zarar undirib berilgani haqida xabar qilgandik. Fuqaro ishdan chetlashtirilgan davri uchun ish haqini talab qilgan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Bunyodkor” murabbiyi Sergey Arslanov vafot etdi
- Oʻzbekistonda dollar kursi pastladi
- Qondagi glyukozani pasaytirish uchun kechki ovqatlanishning ideal vaqti maʼlum boʻldi
- Sardobaning siri nimada?
- Kamchatka sohillaridagi kuchli zilziladan soʻng Oʻzbekiston Konsulligi vatandoshlarimizga murojaat qildi
- Buxorolik doktorant nimaning evaziga Prezident sovgʻasi – avtomobilga ega boʻldi?
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring