Iyun oyida 1,2 millionta oilaga nafaqa puli toʻlab berildi

23:55 14 Iyun 2024 Iqtisodiyot
441 0

2024-yil iyun oyi uchun 1 million 207 mingta kam taʼminlangan oilalarga 596 milliard 853 million soʻm miqdoridagi mablagʻlar “Xalq banki”ga toʻlab berildi. Bu haqda Ijtimoiy himoya milliy agentligi xabar qildi.

“Kam taʼminlangan oila sifatida nafaqa oluvchi 1 million 118 mingta oilalarga (92,6 foiz) bank kartalari orqali toʻlovlar amalga oshiriladi. Amaldagi qonunchilik talablariga muvofiq, nafaqa pullarini naqd shaklda oluvchi oilalarga joriy oy toʻlovlari “Xalq banki”ning sayyor kassalari tomonidan oyning 27-sanasigacha yetkazib beriladi”, deyiladi agentlik xabarida.

Qayd etilishicha, iyun oyida 143,8 mingta kam taʼminlangan oilalar “Ijtimoiy himoya yagona reyestri” axborot tizimiga kiritilgan. Shundan 135 ming 822 tasiga bolalar nafaqasi, 7 ming 976 tasiga moddiy yordam tayinlangan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?