Italiyaning Oʻzbekistondagi yangi elchisi tayinlandi
Oʻzbekiston Tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov Italiyaning Oʻzbekistondagi yangi tayinlangan elchisi Gvido De Sanktisdan ishonch yorliqlari nusxalarini qabul qilib oldi. Bu haqda TIV rahbari oʻzining Telegram kanalida maʼlum qildi.
Bildirilishicha, uchrashuv davomida ikki tomonlama hamkorlikning bugungi holati va istiqbollari muhokama qilinib, savdo, investitsiya va iqtisodiy aloqalarni kengaytirish masalalariga alohida eʼtibor qaratilgan.
Shuningdek, amaliy hamkorlikni yanada rivojlantirish hamda ishbilarmon doiralar oʻrtasidagi aloqalarni ragʻbatlantirish muhimligi taʼkidlangan.
“Elchi janoblariga mamlakatimizdagi faoliyati davomida muvaffaqiyatlar tilaymiz”, deb yozadi Saidov.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Alisher Navoiy – ilm va maʼno ehtiyoji manbai
- Investorlar uchun eng jozibador hudud yoxud investitsiya oqimidagi keskin tafovutning sabab va oqibatlari
- Ilm-fan sohasida xotin-qizlarga yaratilgan imkoniyatlarga bagʻishlangan anjuman
- Oʻzbekistonda inson aʼzolarini 3D bioprinterda chop etish imkoniyati yaratilmoqda
- Bedilni xalqqa tanitgan xattot
- Milliy naqshlarda oʻzligimiz namoyon
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring