“Istiqlol” OChL II'dagi ikkinchi oʻyinda ham magʻlub boʻldi
Kecha, 1-oktyabr kuni Osiyo chempionlar ligasi II turnirining 2-tur bahslari boʻlib oʻtdi. Kun doirasidan oʻrin olgan bahsda Eron kubogi sohibi “Istiqlol Tehron” klubi oʻz maydonida Bahraynning “Al-Muxarraq” jamoasini qabul qildi.
Uchrashuv 1:0 hisobida mehmonlarning gʻalabasi bilan yakunlandi. Uchrashuvda kiritilgan yagona golga Juninyo mualliflik qildi.
Oʻzbekiston milliy terma jamoasi himoyachisi Rustam Ashurmatov uchrashuvni asosiy tarkibda boshladi va toʻliq maydonda harakat qildi. Uning harakatlari “Sofascore” portali tomonidan 6,6 ballga baholandi.
Oʻzbekiston milliy terma jamoasining yana bir aʼzosi Jaloliddin Masharipov esa jarohati tufayli uchrashuv qaydnomasiga kiritilmadi.
Maʼlumot uchun, “Istiqlol Tehron” klubi musobaqadagi keyingi oʻyinini 22-oktyabr kuni Iordaniyaning “Al-Vehdat” klubiga qarshi oʻtkazadi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Investorlar uchun eng jozibador hudud yoxud investitsiya oqimidagi keskin tafovutning sabab va oqibatlari
- AQSH Adliya vazirligi Epshteyn ishi boʻyicha 3 millionta faylni eʼlon qildi
- Oʻzlikni anglash sari muhim qadam: “Milliy qadriyatlar atlasi” kitob-albomi taqdimot qilindi (+video)
- Oʻzbekistonda inson aʼzolarini 3D bioprinterda chop etish imkoniyati yaratilmoqda
- Bedilni xalqqa tanitgan xattot
- Buyuk shoirning Samarqanddagi tabarruk izlari
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring