Isteʼmolga yaroqsiz alkogol mahsulotlarini muomalaga kiritilishining oldi olindi
Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Koson tuman boʻlimi tomonidan tuman IIB xodimlari bilan hamkorlikda oʻtkazilgan tezkor tadbirda fuqaro A.Z. noqonuniy daromad orttirish maqsadida Kasbi tumani “Tinchlik” MFY hududida 2 nafar fuqaroga jami 600 dona “Russkaya vodka” nomli isteʼmolga yaroqsiz va qalbaki aksiz markali alkogol mahsulotini sotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Shu kabi, Departamentning Yakkabogʻ tuman boʻlimi tomonidan oʻtkazilgan tezkor tadbirda “A. MCHJ rahbari A.A. Qamashi tumani, “Oʻzbekiston” MFY hududida xaridorga jami 320 dona “Russkaya vodka”, “NE VODKA”, “SHAHRISABZ“ va ”SABRANIE“ nomli isteʼmolga yaroqsiz va qalbaki aksiz markali alkogol mahsulotini sotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishlari qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Tinchlik sulhi shartlari bajarilmoqda: Gʻazo 3 nafar, Isroil 90 nafar mahbusni vataniga qaytardi
- Shavkat Mirziyoyev aholi bandligini taʼminlash va kambagʻallikni qisqartirishga oid muhim qarorni imzoladi
- “Eng yaxshi maqolalar” tanlovi gʻoliblari aniqlandi
- Oʻzbekistonda 2025-yil 1-apreldan elektr energiyasi va gaz narxlari oshiriladi
- Harbiy xizmatni oʻtash bilan bogʻliq tartiblar yangilanadi
- Voyaga yetmaganlar o‘rtasida huquqbuzarliklar profilaktikasi tizimi takomillashtirilmoqda
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring