Isteʼmolchilarning ichimlik va oqava suvdan qarzdorligi 794 mlrd soʻmni tashkil etdi
Illyustrativ foto
Ichimlik va oqova suv xizmatlari boʻyicha isteʼmolchilarning debitor qarzdorliklari 794 milliard soʻmga yetdi. Bu haqda AOKAda oʻtkazilgan brifingda “Oʻzsuvtaʼminot” AJ Axborot xizmati rahbari Akmal Murodov maʼlum qildi.
Qayd etilishicha, 2025-yilining oʻtgan davri mobaynida aholini markazlashgan ichimlik suvi bilan taʼminlash borasida amalga oshirilgan ishlar natijasida aholining taʼminot darajasi 81,5 foizga yetgan.
Ichimlik va oqova suv xizmatlari boʻyicha isteʼmolchilarning debitor qarzdorliklari 794 milliard soʻmni, jumladan, aholi 577,5 milliard soʻmni (73 foiz) va yuridik isteʼmolchilar 216,6 milliard soʻmni (27 foiz) tashkil etib, qarzdorliklar yil boshiga nisbatan 115 milliard soʻm yoki 13 foizga qisqartirildi.
Shu bilan birga, targʻibot-tashviqot ishlari hamda tariflarni qayta koʻrib chiqilishi natijasida suv hisoblagichlari bilan taʼminlangan isteʼmolchilar soni 248,9 mingtaga oshirilib, natijada isteʼmolchilarning suv hisoblagichlari bilan taʼminlanganlik darajasi 82 foizga yetkazildi.
Bundan tashqari, 2025-yilda respublika byudjetidan ajratilgan mablagʻlar doirasida 1-iyul holatiga 544 km ichimlik, 148 km oqova suv tarmoqlari va 35 ta ichimlik, 7 ta oqova suv inshootlarni qurildi.
Avvalroq Toshkent shahar Shayxontohur tumani Farobiy koʻchasi hududida yer ostidan oʻtgan suv quvurlaridan biri portlab ketgani haqida xabar qilgandik.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- AQSH va Britaniya Suriya muvaqqat prezidenti Axmad ash-Sharʼani “qora roʻyxat”dan chiqardi
- G20 sammitining Janubiy Afrikada oʻtkazilishi sharmandali holat – Tramp
- Mashinada xavfsizlik kamarini taqish mumkin boʻlmagan kasalliklar roʻyxati tasdiqlanadi
- Oʻzbekiston U-17 terma jamoasi Jahon chempionatidagi ikkinchi oʻyinida magʻlub boʻldi
- Oʻzbekiston milliy terma jamoasining xalqaro musobaqa uchun qaydnomasi eʼlon qilindi
- “Doha — Qatarning yuragi, tungi ritmda urib turgan shahar”
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring