Toshkentda yerosti quvuri portlab ketdi
Videodan kadr
Toshkent shahar Shayxontohur tumani Farobiy koʻchasi hududida yer ostidan oʻtgan suv quvurlaridan biri portlab ketdi. Bu haqda Favqulodda vaziyatlar vazirligi xabar berdi.
Qayd etilishicha, bugun, 10-iyul kuni soat 11:00 larda Shayxontohur tumani Farobiy koʻchasida dastlabki taxminlarga koʻra diametri 800 mm suv quvurida kuchli bosim ostida yorilish hodisasi yuzaga kelgan.
Hodisa joyiga zudlik bilan yongʻin-qutqaruv ekipajlari yetib borib, vaziyat oqibatlari bartaraf etilmoqda.
FVVga koʻra, hodisa oqibatida tan jarohati olganlar toʻgʻrisida hozircha maʼlumot kelib tushmagan.
Qoʻshimcha maʼlumot taqdim etiladi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Toshkentda “UzFood 2026” va “OʻzuPACK 2026” Xalqaro koʻrgazmalari boʻlib oʻtmoqda (+fotoreportaj)
- Shayxa Nosir Al Novays: “Men bu kabi yondashuvni avval koʻrmaganman”
- Oʻzbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligini keng nishonlashga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazish toʻgʻrisida
- “Yengilmas: Tokioga yoʻl”
- Toshkentda Amir Temur tavalludining 690-yilligi munosabati bilan harbiy parad oʻtkazilmoqda (fotoreportaj)
- Surxondaryoda 3 ming yillik shahar qoldiqlari topildi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring