Isteʼmolchilar “yemagan somsasi”ga pul toʻlamaydi
Raqobat qoʻmitasi maishiy chiqindi tashish xizmatlari boʻyicha isteʼmolchilardan kelib tushayotgan shikoyatlar asosida keng miqyosli oʻrganishlar va tahlil ishlari olib bormoqda.
Ushbu oʻrganishlar davomida Namangan viloyatining 10 ta hududida joylashgan MFYlarda yashovchi 1,1 milliondan ortiq isteʼmolchilarga 18 milliard soʻmdan ortiq koʻrsatilmagan xizmat uchun haq hisoblanganligi maʼlum boʻldi.
Viloyatda faoliyat yuritayotgan “Namangan Musaffo Iqlim” MCHJ va “Toza Hudud” DUKlarining maishiy chiqindi tashish xizmatlari boʻyicha qonunbuzarliklar roʻy bergani aniqlangan.
Raqobat qoʻmitasi va Maxsus komissiya tomonidan xizmat koʻrsatuvchi tashkilotlarga nisbatan “Isteʼmolchilarning huquqlarini himoya qilish toʻgʻrisida”gi Qonunning 19 va 21-moddalari talablari buzilganligi yuzasidan belgilangan tartibda ishlar qoʻzgʻatilib, ortiqcha hisoblangan mablagʻlarni qayta hisob-kitob qilinishi boʻyicha koʻrsatmalar berildi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Alisher Navoiy – ilm va maʼno ehtiyoji manbai
- Investorlar uchun eng jozibador hudud yoxud investitsiya oqimidagi keskin tafovutning sabab va oqibatlari
- Ilm-fan sohasida xotin-qizlarga yaratilgan imkoniyatlarga bagʻishlangan anjuman
- Oʻzbekistonda inson aʼzolarini 3D bioprinterda chop etish imkoniyati yaratilmoqda
- Bedilni xalqqa tanitgan xattot
- Milliy naqshlarda oʻzligimiz namoyon
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring