Isroilning Suriyaga zarbasi va Rossiya—Xitoy savdo siyosati (+video)
Isroil Suriyaga zarba berdi, qurbonlar bor
Isroil raketalari hujumi oqibatida Suriyaning Markaziy qismida kamida 14 kishi halok boʻldi. Bu haqda davlat ommaviy axborot vositalari xabar berdi.
Suriyaning rasmiy axborot agentligi SANA xabariga koʻra, yakshanba kuni kechqurungi hujum yongʻin keltirib chiqargan va Xama viloyatidagi Masyaf shahriga moddiy zarar yetgan. Shuningdek, 43 kishi jarohat olib, 5 kishi halok boʻlgan. Hududdagi shifoxona rahbari qurbonlar tinch aholi vakillari ekanligini taʼkidlagan.
“Yakshanba kuni kechqurun soat 23:20 atrofida Isroil Livan shimoli-gʻarbi tomonidan havo hujumini boshladi va Markaziy mintaqadagi bir qator harbiy joylarni nishonga oldi. Bizning havo hujumidan mudofaa tizimlarimiz agressiyaning raketalariga duch keldi va ularning ayrimlarini urib tushirdi”, — deb xabar bergan harbiy boʻlinma SANA agentligiga.
Isroil harbiylari odatda Suriyadagi operatsiyalari haqida izoh bermaydi. Ikki mintaqaviy razvedka manbalarining taʼkidlashicha, Masyaf yaqinida joylashgan kimyoviy qurol ishlab chiqarish boʻyicha yirik harbiy tadqiqot markaziga zarar yetgan. “Reuters” axborot agentligining qoʻshimcha qilishicha, u yerda qurol-yarogʻ ishlab chiqarish bilan shugʻullanadigan eronlik harbiy ekspertlar guruhi ishlaydi.
Suriyaning 13-yillik fuqarolar urushi davomida Isroil muntazam ravishda mamlakatda havo hujumlarini amalga oshirdi. Ular asosan Eron bilan bogʻliq joylarni nishonga olgan. Yakshanba kungi hujum mintaqaviy keskinliklar kuchayib borayotgan pallada amalga oshirildi. Eron rasmiylari hali ham iyul oyida Tehronda HAMAS boshligʻi Ismoil Xaniyaning oʻldirilishiga javob berishga vaʼda bermoqda. Suiqasdga 40 kundan oshdiki, Eronning vaʼda qilingan hujumi amalga oshmayapti.
Livan Isroil bilan Janubiy chegarasida kuchayib borayotgan keskinliklar bilan kurashmoqda va bu yanada kengroq mintaqaviy urush qoʻrquvini keltirib chiqarmoqda. 11 oydan beri Gʻazoga qarshi davom etayotgan urush Livanning ichki, mintaqaviy va xalqaro jabhadagi kuchlarini zaiflashtirdi. Livanning oldinga siljishi va bu oʻzgaruvchan geosiyosiy oʻyinlarga qanday bardosh bera olishi haqida savollar tugʻiladi.
Rossiya Kurskdagi AESni yopishi mumkin
Rossiya Ukrainaning chegara mintaqasiga bostirib kirishi davom etayotgani sababli Kursk atom elektr stansiyasini yopish masalasini koʻrib chiqmoqda. Rossiya atom energetikasi agentligi rahbari Aleksey Lixachyov bu variant Ukraina kuchlari oldinga siljishi bilan muhokama qilinayotganini tasdiqlagan.
Maʼlum qilinishicha, bu borada yakuniy qaror qabul qilingani yoʻq, hozirda zavodning toʻrtta agregatidan faqat bittasi ishlab turibdi. Kursk atom elektr stansiyasi ushbu shahardan 40 kilometr gʻarbda va Ukraina chegarasidan taxminan 110 kilometr uzoqlikda joylashgan.
Rossiya matbuoti ehtiyot chorasi sifatida zavod atrofida qoʻshimcha himoya vositalari qurilayotganini xabar qildi. Kursk viloyatida toʻqnashuvlar Ukraina kuchlari avgust oyi boshida hududga kirganidan keyin kuchaygandi. Aleksandr Sladkov kabi baʼzi rossiyalik blogerlar Ukraina atom stansiyasini oʻz nazoratiga olishga harakat qilishi mumkin, deb taxmin qilishdi.
Shunga qaramasdan, Ukrainaning bunday niyatlari borligini tasdiqlovchi dalillar yoʻq. BMTning Atom energiyasi boʻyicha xalqaro agentligi rahbari Rafael Grossi avgust oyi oxirida zavodga tashrif buyurgan va vaziyat yadroviy xavf tugʻdirayotganini tan olgan edi.
Rossiya prezidenti Vladimir Putin Ukraina kuchlari Kursk atom elektr stansiyasini nishonga olishga harakat qilgani haqida oʻz fikrini bildirgandi. U bu taxmin qilingan zarbalarni “juda xavfli teraktlar” deb taʼriflab, Rossiya javob qaytarsa, Yevropa uchun ehtimoliy oqibatlarga ishora qilgan.
Lixachyov Kursk AESning mintaqani energiya bilan taʼminlashdagi ahamiyatini taʼkidlab, iloji boʻlsa, uning ishlashini saqlab qolish muhimligini aytdi. Uning qayd etishicha, hozirda zavod atrofidagi xavfsizlik choralari yetarli darajada deb hisoblanmoqda. Shunga qaramay, davom etayotgan mojaro tufayli zavodning faoliyati toʻxtatib qoʻyilishi ham mumkin.
Qirollik Birlashgan xizmatlar instituti (RUSI) ekspertlarining taʼkidlashicha, Rossiya zavodga tahdidni siyosiy sabablarga koʻra boʻrttirib koʻrsatayotgan boʻlishi mumkin. Ularning fikricha, Moskva Ukrainaga qarshi urushda yadroviy avariya qoʻrquvidan oʻz manfaati uchun foydalanmoqda.
Rossiya Ukraina boʻyicha navbatdagi tinchlik konferensiyasida ishtirok etishi kerak, degan fikrda Germaniya kansleri.
Olaf Shols Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy bilan yaqinda boʻlgan maxfiy suhbatini eslatib oʻtdi. Germaniya kanslerining soʻzlariga koʻra, Zelenskiy Rossiyaning navbatdagi tinchlik konferensiyasida ishtirok etishiga rozi boʻlgan. Sholsga koʻra, tinchlikka erishish uchun muhokama qilinadigan payt kelgan.
Xitoy Rossiyadagi aktivlarini kamaytirmoqda
Xitoy davlat banklari Rossiyadagi aktivlarini kamaytirmoqda. Xabarlarga koʻra, bunda Moskvaga qarshi sanksiyalar ikki davlat oʻrtasidagi savdoni murakkablashtirgani sabab boʻlgan. “Newsweek” vaziyat jiddiylashayotgani haqida yozgan.
Maʼlum boʻlishicha, 2024-yilning ikkinchi choragida Xitoy davlat banki Rossiyadagi aktivlarini 37 foizga, Xitoy sanoat va tijorat banki esa 27 foizga qisqartirdi. Ushbu harakatlar xalqaro sanksiyalar tufayli toʻlovlar bilan bogʻliq ortib borayotgan qiyinchiliklarni koʻrsatib beradi.
Shunda qaramasdan, Xitoyning eng yirik banklari tomonidan qisqartirishlarga qaramay, “China Construction Bank” va “China Agricultural Bank” kabi kichikroq muassasalar Rossiyadagi aktivlarini oshirdi.
Qayd etilishicha, ushbu banklar ham xalqaro tranzaksiyalarda qiyinchiliklarga duch kelishmoqda va umuman olganda, Xitoy banklari Rossiyada yetarli darajada oʻzini xavfsiz his qilmayapti.
Rossiya korxonalari Xitoy banklari orqali toʻlovlarni amalga oshirishni qiyinlashtirmoqda. Xitoy banklari koʻproq ehtiyotkor boʻlib, talablarga rioya qilishni istaydi va sanksiyalangan Rossiya tovarlari yoki kompaniyalari bilan bogʻliq toʻlovlarni rad etishadi. Bu esa oʻz navbatida Moskvaga maʼqul kelmayapti.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Qurilish materiallari uyushmasi qoshida sinov laboratoriyasi tashkil qilinadi
- Vazir oʻrinbosari xotinini aldagani uchun ishdan boʻshatildi
- Oʻzbekistondagi MCHJlar soni 470 mingtaga yaqinlashdi
- Oʻzbekistonda dollar kursi koʻtarildi
- Soʻnggi yetti yilda qurilish materiallari sohasiga 9 milliard dollar investitsiya kiritildi
- Dollar kursi uzoq vaqt koʻtarilishdan soʻng pastladi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring