Isroilning Livan va Gʻazoga zarbalari chastotasi oshib bormoqda

18:17 11 Sentyabr 2024 Dunyo
454 0

Isroil armiyasi Livan janubidagi toʻrtta joyda “Hizbulloh”ga tegishli raketalarni va 30 ga yaqin boshqa harbiy infratuzilmani urib, Isroil fuqarolariga bevosita tahdid solayotganini aytdi.

“Soʻnggi kunlarda biz Isroil zarbalari chastotasi oshganini koʻrmoqdamiz. Ular endi faqat chegara hududi bilan cheklanib qolmayapti, bu amalda harbiy zonaga aylandi. Ular Livan ichida Litani daryosigacha chuqurroq zarba berishmoqda. Daryo Livan janubidan chegaraga oqib oʻtadi. Shunday qilib, Isroil bu yerda «Hizbulloh”ning ushbu chegara mintaqasidagi harbiy imkoniyatlarini Litanigacha pasaytirish strategiyasini amalga oshirayotganga oʻxshaydi», — degan Livan tomoni.

Livan Milliy axborot agentligi Isroil samolyotlari shahardagi oʻrmon hududlari va bogʻlarni nishonga olib, mamlakatning Janubiy qismlariga 15 dan ortiq havo hujumlarini amalga oshirgani haqida xabar bergan. Portlashlar shahar oʻrtasidagi yongʻinlar yuzaga kelishiga sababchi boʻlgan.

Vafa axborot agentligiga koʻra, Isroilning Gʻazoning Xon Yunis sharqidagi turar-joy binosini bombardimon qilganidan keyin kamida 13 kishi halok boʻlgan. Gʻazo shimolidagi Jabaliyada joylashgan uyning oʻqqa tutilishi oqibatida esa kamida 9 kishi, jumladan, 3 nafar bola va 2 nafar ayol qurbon boʻlgan. Nuseyrat lageriga qilingan hujumda esa toʻrt falastinlik halok boʻlib, 11 kishi yaralangan.

Isroilning sobiq generali Gal Xirsh Gʻazodagi asirlar evaziga HAMAS siyosiy rahbari Yahyo Sinvarga xavfsiz hayot tarzini taklif etgan. Bu haqda u “Bloomberg”dagi suhbatda aytib oʻtdi.

“Men Sinvarga, uning oilasiga, kimki unga qoʻshilishni xohlasa, xavfsizlikni taʼminlashga tayyorman. Biz garovga olinganlarni qaytarishni, demilitarizatsiya va Gʻazoni boshqaradigan yangi tizim xohlaymiz”, — degan u.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?