Isroilning Xon Yunisdagi hujumlari oqibatida 27 kishi halok boʻldi

16:50 22 Iyul 2024 Dunyo
131 0

Foto: Reuters

Isroil kuchlari evakuatsiya qilish haqidagi varaqalarni tashlaganidan koʻp oʻtmay Xon Yunis shahri sharqida havo va artilleriya hujumlarini boshladi. Bu esa odamlarga koʻrsatmalarga amal qilish imkoniyatini bermagan.

Suv va elektr manbai boʻlmagan hududda ahvol allaqachon ogʻir edi. Odamlar harbiy amaliyotlardan soʻng oʻz uylariga qaytib ketmoqda. Oxirgi kunlarda Xon Yunisda halok boʻlganlarning soni 17 kishidan 27 nafarga yetdi. Hududdagi Nosir shifoxonasiga jasadlar va yaradorlarning kelishi tinmayapti. Ular orasida bir necha oylik chaqaloqlar ham bor.

Kasalxona shoshilinch tarzda qon topshiruvchilarga murojaat qilgan. Aytilishicha, tinch aholiga qarshi davom etayotgan qirgʻinlar fonida kasal va yaradorlar hayoti uchun zarur boʻlgan qon birliklari yetishmayapti.

Isroilning evakuatsiya qilish buyrugʻi Xon Yunisning sharqiy hududlarida yashovchi 400 ming nafardan ortiq odamga taʼsir qilgani aytilmoqda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер