Isroilning Gʻazodagi bombardimoni kuchaydi
Isroil askarlari Gʻazo boʻylab hujumlarini kuchaytirmoqda. Isroilliklar oʻtgan kun ichida Gʻazodagi 60 ta nishonga zarba berganini daʼvo qildi. Harbiy obyektlar va qurol-yarogʻlarning katta qismi yoʻq qilingan. Shuningdek, Rafah hamda Gʻazo markazida oʻnlab jangchilar qatorida tinch aholi halok boʻlgan.
Yahudiy davlati kuchlari Jabaliya lageri yaqinidagi uyga zarba berib, 18 kishini yaraladi. Bir kishi qurbon boʻlgan.
Xon Yunisda ham jangovar operatsiyalar boshlangan. Isroil harbiylari bir qancha mahallalarni evakuatsiya qilishga buyurgan. Havo kuchlari HAMAS nishonlariga 30 dan ortiq zarba bergan. Gʻazo shahridagi bir nechta maktablardan boshpana topgan ayollar va bolalar oʻldirildi.
Shuningdek, 9-iyun kuni ertalab Nuseyrat qochqinlar lageri yaqinida aholi turar-joyi nishonga olingan. Yarador va qurbonlar bor.
Xon Yunisda faoliyat yuritayotgan HAMAS askarlari jang maydonida portlamay qolgan Isroil bombalaridan qoʻlbola portlovchi moddalar tayyorlayotgani aytilmoqda. Dushanba kuni HAMAS jangchilari Isroilning F-16 qiruvchi samolyotidan tiklangan bombani Xon Yunis sharqida isroillik kuchlarga hujum qilish uchun ishlatganliklarini aytishdi. Ayni damda tozalash operatsiyasini olib borish maqsadida aholini evakuatsiya qilishga chaqirilmoqda.
Yevropa Ittifoqi Falastin maʼmuriyatiga ishgʻol qilingan Gʻarbiy Sohilda maosh va pensiyalarni toʻlashda yordam berish uchun 43 million yevro ajratdi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Alisher Navoiy – ilm va maʼno ehtiyoji manbai
- Investorlar uchun eng jozibador hudud yoxud investitsiya oqimidagi keskin tafovutning sabab va oqibatlari
- Ilm-fan sohasida xotin-qizlarga yaratilgan imkoniyatlarga bagʻishlangan anjuman
- Oʻzbekistonda inson aʼzolarini 3D bioprinterda chop etish imkoniyati yaratilmoqda
- Bedilni xalqqa tanitgan xattot
- Milliy naqshlarda oʻzligimiz namoyon
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring