Isroildagi Oʻzbekiston fuqarolari yana bir bor ogohlantirildi
Oʻzbekistonning Isroildagi elchixonasi mamlakatda istiqomat qilayotgan vatandoshlarni ehtiyot choralarini koʻrishga chaqirdi.
Elchixona Isroildagi mavjud xavfsizlik vaziyati sabab quyidagi ehtiyot choralarini koʻrishni qatʼiy tavsiya qildi:
- Isroilning ayrim hududlariga borishdan saqlaning;
- Isroil rasmiylari va Oʻzbekiston elchixonasi hamda rasmiy xabarlarini kuzatib boring. Isroil front orti qoʻmondonligi (Home Front Command)dan bildirishnoma va ogohlantirishlar olish uchun uning mobil ilovasi yoki veb-sayti orqali roʻyxatdan oʻting;
- shaxsni tasdiqlovchi hujjatlar va Oʻzbekiston elchixonasining aloqa maʼlumotlarini doimo olib yuring. Favqulodda vaziyatlarda bu tezroq yordam olish imkonini beradi;
- imkon qadar olomondan qoching va jamoat joylariga tashrif buyurishni cheklaning.
Yordam yoki maslahat kerak boʻlsa, Oʻzbekistonning Isroildagi elchixonasiga quyidagi raqamlar orqali murojaat qilish tavsiya etiladi:
- 03-672-2466
- 03-672-2371
- 03-758-5075
- 03-758-5076
Favqulodda va shoshilinch xabarlar uchun: 054-485-1397
Elektron pochta: il.uzembassy@mfa.uz
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Shavkat Mirziyoyev aholi bandligini taʼminlash va kambagʻallikni qisqartirishga oid muhim qarorni imzoladi
- Oʻzbekistonda 2025-yil 1-apreldan elektr energiyasi va gaz narxlari oshiriladi
- “Eng yaxshi maqolalar” tanlovi gʻoliblari aniqlandi
- Harbiy xizmatni oʻtash bilan bogʻliq tartiblar yangilanadi
- Namanganda 3 ta yirik institut bitta universitetga birlashtiriladi
- Voyaga yetmaganlar o‘rtasida huquqbuzarliklar profilaktikasi tizimi takomillashtirilmoqda
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring