Isroil va Eron nizosi yangi bosqichga chiqdi
Foto: aljazeera
Eron seshanba kuni Isroilga ulkan raketa hujumini amalga oshirganidan keyin Isroil ittifoqchisi AQSHning qoʻllovi bilan zarbaga javob berishga vaʼda berdi. Tehron har qanday qasos zarbasi bundan-da kuchliroq boʻlishini aytgan. Eron Isroilga qarata 200 ga yaqin raketa uchirilishi HAMAS, “Hizbulloh” va Islom inqilobi qoʻriqchilari korpusi rahbarlarining yaqinda oʻldirilganiga javob ekanligini taʼkidlagan.
Shu bilan birga, chorshanba kuni Isroil Livanga hujumlarini davom ettirdi va seshanba kuni boshlangan quruqlik hujumini amalga oshirish uchun qoʻshimcha qoʻshin yuborayotganini eʼlon qildi.
Bosh vazir Benyamin Netanyahu seshanba kuni kechqurun Tehronni “katta xatoga yoʻl qoʻygani”ni taʼkidlagan. AQSH prezidenti Jo Bayden maʼmuriyati esa Eronni “jiddiy oqibatlar” haqida ogohlantirdi.
AQSH Respublikachilar palatasi spikeri Mayk Jonson Amerikaning Eronga qarshi maksimal bosim kampaniyasi qaytishi kerakligini aytgan.
Eron qurolli kuchlari qoʻshma shtabi boshligʻi general Muhammad Bagʻiriy, agar Isroil Eron hududiga qarshi javob qaytarsa, raketa hujumini kuchaytirishini maʼlum qildi. Tehron tashqi ishlar vaziri ham kechqurun yevropalik hamkasblariga qoʻngʻiroq qilib, agar Isroil javob choralarini koʻrsa, qattiqroq javob olishini qoʻshimcha qilgan. Chorshanba kuni u Tehron AQSHni har qanday aralashuvdan ogohlantirganini aytdi.
Koʻtarilgan keskinlik Isroilning Gʻazoga qarshi urushi oxir-oqibat mintaqa boʻylab keng koʻlamli urushga olib kelishi haqidagi uzoq yillik qoʻrquvni kuchaytiradi. Birlashgan Millatlar Tashkiloti Xavfsizlik Kengashi favqulodda yigʻilish chaqirdi.
Livanda Eron tomonidan qoʻllab-quvvatlanadigan “Hizbulloh” qurolli guruhi chorshanba kuni oʻz jangchilari 2006-yildan beri ilk bor Isroil kuchlari bilan toʻgʻridan-toʻgʻri toʻqnash kelganini aytdi.
Isroil tomonidan quruqlikdagi bosqin eʼlon qilinganida uchta hududda uzoq va shiddatli artilleriya oʻqqa tutilgan. Shuningdek, Livan janubi va Bayrutga zarba bergan Isroil havo hujumlari chorshanba kuni ham poytaxtga zarba berishda davom etdi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Tinchlik sulhi shartlari bajarilmoqda: Gʻazo 3 nafar, Isroil 90 nafar mahbusni vataniga qaytardi
- Shavkat Mirziyoyev aholi bandligini taʼminlash va kambagʻallikni qisqartirishga oid muhim qarorni imzoladi
- “Eng yaxshi maqolalar” tanlovi gʻoliblari aniqlandi
- Oʻzbekistonda 2025-yil 1-apreldan elektr energiyasi va gaz narxlari oshiriladi
- Harbiy xizmatni oʻtash bilan bogʻliq tartiblar yangilanadi
- Voyaga yetmaganlar o‘rtasida huquqbuzarliklar profilaktikasi tizimi takomillashtirilmoqda
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring