Isroil raketani bu safar qayerga yoʻnaltirgani maʼlum boʻldi

Foto: Guardian
Isroil Hizbulloh guruhiga tegishliligi gumon qilingan Livan janubidagi 10 dan ortiq nuqtaga zarba berdi. Bu haqda “Guardian” nashri xabar berdi.
Maʼlum boʻlishicha, Hizbulloh avvalroq Isroil tomonidan anneksiya qilingan Golan tepaliklariga 50 dan ortiq raketa otgan va uchuvchisiz dronlar orqali bombardimon qilgan. Isroilning hujumlari esa qurol omborlari, harbiy binolar va Hizbulloh tomonidan qoʻllanilgan oʻq otish moslamasini nishonga olganligi aytilmoqda.
Otishma AQSH prezidenti Jo Bayden Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyaxuni Gʻazoda oʻt ochishni toʻxtatish boʻyicha kelishuvni tezda yakunlashga chaqirganidan koʻp oʻtmay sodir boʻldi. Bayden kelishuvni yopish zarurligini taʼkidlab, Qohirada davom etayotgan muzokaralarni muhokama qilishga chaqirgan edi.
Shuningdek, Gʻazoda Isroil havo hujumlarida 24 soat ichida kamida 50 falastinlik halok boʻldi. Isroil harbiylari tunnellar, uchirish maydonchalari va boshqa joylarni nishonga olgan.
Falastin sogʻliqni saqlash idoralari maʼlumotlariga koʻra, Isroilning Gʻazoda davom etayotgan bosqini oqibatida 40 mingdan ziyoda falastinlik vafot etgan.
Ayni paytda “XAMAS” oʻz talablarini, jumladan Isroilning Gʻazodagi amaliyotini tugatish va isroillik garovga olinganlarni falastinlik mahbuslarga almashtirish boʻyicha kelishuvni ilgari surishni davom ettirmoqda.
Hizbullah kabi guruhlarning Falastinga yordam berishi esa kelishuvga toʻsqinlik qilmoqda. Isroil esa har ikki frontda oʻt ochishni toʻxtatishga intilmayapti ham.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekistonda dollar kursi pastladi
- “Bunyodkor” murabbiyi Sergey Arslanov vafot etdi
- Qondagi glyukozani pasaytirish uchun kechki ovqatlanishning ideal vaqti maʼlum boʻldi
- Sardobaning siri nimada?
- Kamchatka sohillaridagi kuchli zilziladan soʻng Oʻzbekiston Konsulligi vatandoshlarimizga murojaat qildi
- Buxorolik doktorant nimaning evaziga Prezident sovgʻasi – avtomobilga ega boʻldi?
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring