Isroil Livandagi quruqlik operatsiyasida ikkilanmoqda
Qator tahlilchilar Isroilning Livanda davom etayotgan harbiy operatsiyasini, jumladan, oʻtgan haftadagi peyjer portlashlari va soʻnggi havo hujumlarini “Hizbulloh”ga qarshi “muvaffaqiyat“ deb hisoblamoqda.
Biroq 1982 va 2006-yillarda Isroilning Livandagi qonli urushlari xotiralari hanuzgacha saqlanib qolmoqda, bu esa quruqlikdagi operatsiya haqida koʻproq ikkilanishlarga olib kelishi mumkin. Tadqiqotchilarga koʻra, agar Isroil haqiqatda quruqlikda operatsiya boshlasa, vaziyat tubdan oʻzgaradi. Shuning uchun ham Yahudiy davlati ikkilanish oldida turibdi.
Shuningdek, Isroil armiyasi Suriya—Livan chegarasidagi “Hizbulloh” infratuzilmasiga zarba berganini aytdi. “Hizbulloh” infratuzilmasiga Livandagi guruh qoʻshni davlatdan qurol olib oʻtishda foydalangani taʼkidlangan.
Livan transport vaziri Ali Xamiya avvalroq “Reuters” axborot agentligiga Isroilning zarbasi Livanga oʻtishni taʼminlovchi kichik koʻprikning Suriya tomoniga urilganini maʼlum qilgan edi.
AFP Suriya xavfsizlik manbalariga tayanib xabar berishicha, Isroilning Livanga bergan zarbalari fonida 22 mingdan ortiq odam Suriyaga oʻtgan.
“Siz telefon xizmatidan foydalana olmaysiz, yaqinlaringizga qoʻngʻiroq qilib, ulardan xabar olish yoki qaysi yoʻllar ochiqligini tekshirishning imkoni yoʻq“, — dedi livanlik talaba. Ularning qoʻshimcha qilishicha, olomonning boradigan joyi yoʻq. Baʼzilar mashinasida, qolganlari yoʻl chetida tunab qolmoqda.
Shuningdek, mamlakatda boʻlayotgan koʻchish va zoʻravonlik darajasi allaqachon zaif boʻlgan sogʻliqni saqlash tizimiga katta bosim oʻtkazmoqda. Bu haqda “Chegara bilmas shifokorlar“ vakili “Al-Jazeera”ga xabar bergan.
Sogʻliqni saqlash muassasalari yoqilgʻi, taʼminot va xodimlar taqchilligi tufayli juda cheklangan imkoniyatlar bilan ishlayotgani xabar qilinmoqda. Mamlakat allaqachon travmatizm, surunkali kasalliklarni boshqarish va ruhiy salomatlikni qoʻllab-quvvatlashga muhtojligi qoʻshimcha qilingan.
Livan 2019-yilda chuqur iqtisodiy inqirozga yuz tutdi va bu uning sogʻliqni saqlash tizimini vayron qilgan. Bu yerdagi odamlar iqtisodiy inqiroz tufayli juda katta qiyinchiliklarga duch kelishmoqda va bu ularning azob-uqubatlarini yanada kuchaytirdi.
Isroil harbiylari Livan poytaxtining janubiy chekkasida kuchli portlash ovozi eshitilganidan koʻp oʻtmay Bayrutda reydlar oʻtkazayotgani haqida bayonot berdi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Tinchlik sulhi shartlari bajarilmoqda: Gʻazo 3 nafar, Isroil 90 nafar mahbusni vataniga qaytardi
- Shavkat Mirziyoyev aholi bandligini taʼminlash va kambagʻallikni qisqartirishga oid muhim qarorni imzoladi
- “Eng yaxshi maqolalar” tanlovi gʻoliblari aniqlandi
- Oʻzbekistonda 2025-yil 1-apreldan elektr energiyasi va gaz narxlari oshiriladi
- Harbiy xizmatni oʻtash bilan bogʻliq tartiblar yangilanadi
- Voyaga yetmaganlar o‘rtasida huquqbuzarliklar profilaktikasi tizimi takomillashtirilmoqda
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring