Isroil armiyasi Livanda “Hizbulloh” qoʻmondoni oʻldirilganini maʼlum qildi

Kecha, 24-mart kuni Isroil harbiylari Livan janubidagi Nabatiya hududiga bergan zarbalari oqibatida “Hizbulloh” harakatining tankga qarshi kurashish boʻlinmasi qoʻmondoni oʻldirilganini maʼlum qildi. Bu haqida “Al Jazeera” nashri xabar berdi.
Maʼlumotlarga koʻra, Isroil harbiy dronlarining Qaqaiyat al-Jisr hududidagi avtomobilga bergan zarbasi natijasida bir kishi halok boʻlgan. Oʻldirilgan ushbu shaxs “Hizbulloh” harakati qoʻmondoni Hasan Kamol Xalaviy ekanligi taʼkidlanmoqda.
Isroil hukumati bayonotiga koʻra, Kamol Xalaviy qoʻmondonlik davri mobaynida Isroilga qarshi koʻplab terror xurujlari uyushtirishda ayblangan hamda yoʻq qilingan.
“Xalaviy Livan janubidagi tezkor xodimlarning harakatlanishi hamda qurol-yarogʻ yetkazib berilishiga muntazam ravishda koʻmaklashib kelgan. Soʻnggi oylarda u isroillik tinch aholiga qarshi terrorchilik harakatini davom ettirib kelayotgan edi”, — deyiladi bayonotda.
Hozircha “Hizbulloh” harakati mazkur xabarlar yuzasidan hech qanday maʼlumot bermagan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Bunyodkor” murabbiyi Sergey Arslanov vafot etdi
- Oʻzbekistonda dollar kursi pastladi
- Qondagi glyukozani pasaytirish uchun kechki ovqatlanishning ideal vaqti maʼlum boʻldi
- Sardobaning siri nimada?
- Kamchatka sohillaridagi kuchli zilziladan soʻng Oʻzbekiston Konsulligi vatandoshlarimizga murojaat qildi
- Buxorolik doktorant nimaning evaziga Prezident sovgʻasi – avtomobilga ega boʻldi?
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring