Ispaniyaning nufuzli universiteti Oʻzbekistonda oʻz filialini ochishi mumkin

Foto: “Dunyo”
Ispaniyaning nufuzli universitetlaridan biri hisoblangan UNIVERSAE Oʻzbekistonda oʻz filialini ochishi mumkin. Bu haqda “Dunyo” AA xabar berdi.
Maʼlum qilinishicha, Oʻzbekiston elchisi Farrux Tursunov Ispaniyaning UNIVERSAE universiteti institutsional aloqalar boʻyicha direktori Manuel Gazapo Lapayeze va mazkur oliy taʼlim muassasasining Madrid shahridagi boʻlinmasi direktori Said Xamed Vaxdat Axmadzoda bilan muzokara oʻtkazgan.
Muzokara davomida Ispaniya vakillari UNIVERSAE faoliyatiga doir maʼlumotlar bilan oʻrtoqlashib, oliy taʼlim muassasasining maqsadi, vazifalari va istiqbolli rejalari haqida soʻzlab bergan.
Unga koʻra, universitet nafaqat xorijiy oliy taʼlim muassasalari, balki yirik korxonalar bilan taʼlim sohasida hamkorlik qiladi va ularni kerakli malakali mutaxassislar bilan taʼminlaydi. Yangicha oʻqitish tizimini tatbiq etgan holda universitetda har yili iqtisodiyotning turli sohalarida ishlash uchun minglab yuqori malakali mutaxassislar tayyorlanmoqda.
Ispaniya tomoni Oʻzbekistonning oʻsib borayotgan iqtisodiy, ijtimoiy, demografik salohiyatini, uning qoʻshni mamlakatlar bilan olib borayotgan doʻstona tashqi siyosatini eʼtiborga olib, universitet vakillari UNIVERSAEning mamlakatda filialini ochish taklifini ilgari surgan.
Shuningdek, ular Oʻzbekiston Markaziy Osiyoning toʻlaqonli taʼlim habiga aylanishiga ishonch bildirgan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Prezident Oʻzbekiston oʻqituvchi va murabbiylariga tabrik yoʻlladi
- Oʻzbekiston va Turkmaniston: barqaror rivojlanish yoʻlidan borayotgan davlatlar
- Toshkentda “Oʻzbekkosmos” va “NASA” agentliklari hamkorligida “NASA Space Apps Challenge 2025” Hakaton tadbiri oʻtkazilmoqda
- Tuman va shahar hokimi oʻrinbosarlari soni qisqartiriladi
- Saudiya Arabistonida “Oʻzbekiston madaniyati kunlari” davom etmoqda
- Super oy: Bugun Yerning tabiiy yoʻldoshi odatdagidan ancha katta koʻrinmoqda
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring