Ispaniyadagi xalqaro koʻrgazmada Oʻzbekiston milliy stendi namoyish etilmoqda

18-yanvar kuni Madriddagi Ifema savdo va koʻrgazma markazida “FITUR 2023” 43-xalqaro turizm koʻrgazmasi ochildi.
Koʻrgazmada Oʻzbekiston delegatsiyasi tarkibida Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat va turizm vazirligi, «Milliy PR markazi» DUK, “Oʻzbekiston havo yoʻllari” AJ va mamlakatimizning “Uzbekistan Discovery”, “El Mundo Tour”, “Orient Voyages” hamda “Orient star group” kabi sayyohlik kompaniyalari ishtirok etmoqda.
Qayd etish joizki, 17-yanvar kuni “FITUR 2023” ochilishi arafasida Oʻzbekiston Respublikasining Ispaniyadagi elchixonasi, “ACIR” (Ispaniya) Yevroosiyo biznes alyansi bilan hamkorlikda “Oʻzbekiston-Ispaniya: sarmoyaviy imkoniyatlar” mavzusida seminar tashkil qilindi. Madrid biznes-forumi ofisidagi tadbir ekspert-tahlilchi va ishbilarmon doiralar hamda Ispaniya ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirokida oʻtkazildi.
“FITUR 2023” koʻrgazmasiga tashrif buyurgan Butunjahon turizm tashkiloti (UNWTO) Bosh kotibi Zurab Pololikashvili Oʻzbekiston milliy stendi bilan tanishdi. U Markaziy Osiyoning yuragi boʻlgan mamlakatimizning turizm salohiyati jadal rivojlanayotganini taʼkidlab, Oʻzbekistonning turizm imkoniyatlarini keng targʻib etishda ulkan muvaffaqiyatlar tiladi.
Shuningdek, tadbir doirasida Oʻzbekistonning turistik va madaniy merosi taqdimoti ham boʻlib oʻtdi.
Qayd etish joizki, koʻrgazma davomida oʻzbekistonlik turoperatorlar va ispan kompaniyalari oʻrtasida yangi aloqalar oʻrnatish, shuningdek, qoʻshma turlar tashkil etish boʻyicha shartnomalar tuzish rejalashtirilmoqda. “FITUR 2023” 43-xalqaro turizm koʻrgazmasi 22-yanvargacha davom etadi.
Maʼlumot uchun, har yili koʻrgazmada turizm industriyasining barcha qatlamlar vakillari: turoperatorlar, turistik agentliklar, mehmonxonalar, tashuvchilar, turistik ofislar, xizmat koʻrsatuvchi kompaniyalar va boshqalar qatnashadi. Oʻzbekiston “FITUR” xalqaro koʻrgazmasida 2005-yildan buyon ishtirok etib kelmoqda.
Taʼkidlash kerakki, Samarqand 2023-yilda Butunjahon turizm tashkiloti (UNWTO) poytaxti hisoblanadi va UNWTO Bosh assambleyasining yubiley 25-sessiyasi aynan Samarqandda oʻtkaziladi. 2021-yilning dekabr oyida Madridda boʻlib oʻtgan UNWTOning 24-sessiyasida aynan shunday qaror qabul qilingan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Buyuk Britaniya bosh vaziri jarimaga tortildi
- Maktablarda til va kasb oʻrgatishni rivojlantirish choralari belgilandi
- “Vatan — bamisoli quyoshga oʻxshash...”
- Burkina-Fasoda oʻgʻirlab ketilgan ayollar ozod qilindi
- Transport vazirlari “Xitoy – Qirgʻiziston – Oʻzbekiston” temir yoʻli qurilishini muhokama etishdi
- AQSH boy berilgan hududlarni Ukrainaga qaytarishga erishish niyatida ekanligini maʼlum qildi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring