Islom sivilizatsiyasi markazida ishlar jadal davom etmoqda
Foto: Islom sivilizatsiyasi markazi Axborot xizmati.
2025-yilning 19-avgust kuni soat 11:11 da Toshkent shahri Olmazor tumanida joylashgan Islom sivilizatsiyasi markazi binolaridan birining tom qismida izolyatsiya qoplamalarini yotqizish jarayonida texnologik qoidalar buzilishi oqibatida yongʻin sodir boʻldi.
Hodisa natijasida binoning 19 kvadrat metr tom qismi zararlangani, eng muhimi, binoda fuqarolar jabr koʻrmagani hamda ichki qismi mutlaqo shikastlanmagani haqida xabar bergandik.
Ammo shunga qaramay, ijtimoiy tarmoqlarda ushbu voqea yuzasidan turli asoslanmagan yolgʻon fikr va munosabatlar bildirilmoqda. Xususan, yongʻin sodir boʻlgan paytda majmuada Markaz xodimlari faoliyat olib borayotgani, noyob artefaktlar zararlangani haqida haqiqatga zid xabarlar ham tarqalmoqda.
Shu munosabat bilan quyidagilarni maʼlum qilamiz:
1. Hozirgi paytda majmuada qurilish ishlari yakunlanmagani bois, Islom sivilizatsiyasi markazi xodimlari hali binoga koʻchib oʻtishmagan.
2. Mazkur binoda hech qanday tarixiy eksponatlar, jumladan, Kaʼba yopinchigʻi joylashtirilmagan.
3. Markazning muzey ekspozitsiyasi uchun olib kelingan barcha noyob artefaktlar alohida nazorat ostida xavfsiz joyda, boshqa binoda saqlanmoqda.
4. Yangi majmua hozircha qabul qilinmagan va rasmiy ravishda foydalanishga topshirilmagan. Shu sababli, majmua binosida Markaz xodimlari ish olib borayotgani yoʻq.
Maʼlum qilamizki, qurilish ishlari quyidagi tashkilotlar masʼulligida amalga oshirilmoqda: loyihachi – “Oʻzogʻirsanoatloyiha” AJ, bosh pudratchi – “Trest-12” AJ, buyurtmachi – Toshkent shahar hokimligi huzuridagi “Yagona buyurtmachi xizmati” injiniring kompaniyasi, moliyalashtiruvchi – Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Alohida muhim ijtimoiy, madaniy va tarixiy ahamiyatga ega boʻlgan obyektlarni qurish, rekonstruksiya qilish va mukammal taʼmirlash direksiyasi, bundan tashqari xorijning yetakchi bir nechta kompaniyalari va dizaynerlar faoliyat olib borishmoqda.
Islom sivilizatsiyasi markazi fuqarolarimizning milliy meros va muqaddas qadriyatlarga boʻlgan eʼtibor va tashvishini yuksak qadrlaydi. Hozirda qurilish jarayonlari tegishli tashkilotlar tomonidan toʻliq nazoratga olingan, ishlar rejaga muvofiq davom ettirilmoqda va yakuniga yetkazilishi arafasida.
Shu oʻrinda barcha yurtdoshlarimizdan rasmiy manbalar orqali berilayotgan axborotlarga ishonishlarini, turli asossiz xabarlarga eʼtibor bermasliklarini soʻrab qolamiz.
Islom sivilizatsiyasi markazi Axborot xizmati.









Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Investorlar uchun eng jozibador hudud yoxud investitsiya oqimidagi keskin tafovutning sabab va oqibatlari
- Oʻzbekistonda inson aʼzolarini 3D bioprinterda chop etish imkoniyati yaratilmoqda
- Bedilni xalqqa tanitgan xattot
- Oʻzlikni anglash sari muhim qadam: “Milliy qadriyatlar atlasi” kitob-albomi taqdimot qilindi (+video)
- Alisher Navoiy – ilm va maʼno ehtiyoji manbai
- ICCI 2026: Yangi Oʻzbekistonning qurilish salohiyati – gʻoyalardan keng koʻlamli yechimlargacha
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring