Islohotlar yoʻlidagi eng katta toʻsiq va gʻov – bu korrupsiyadir! – Shavkat Mirziyoyev
Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida korrupsiyaning oldini olish boʻyicha ishlar natijadorligi va kelgusidagi ustuvor vazifalarga bagʻishlangan kengaytirilgan yigʻilish boshlandi.
Davlatimiz rahbari soʻzining avvalida islohotlar hal qiluvchi bosqichga kirayotgan hozirgi vaqtda yurtimizda korrupsiyadan xoli muhit yaratish boʻyicha ishlarga baho berib, kelgusi vazifalarni aniq belgilab olish zarurligini taʼkidladi.
“Islohotlar yoʻlidagi eng katta toʻsiq va gʻov – bu korrupsiyadir. Buni dunyo tajribasi ham toʻliq tasdiqlaydi.
Korrupsiya oqibatida jahon iqtisodiyoti yiliga 3 trillion dollar zarar koʻrayotgani bu global xavf ekanidan dalolat.
Korrupsiya shunday yovuz illatki, u xalqning davlatga, Konstitutsiya va qonunlarga ishonchiga putur yetkazadi, barqaror rivojlanish va xavfsizlik uchun jiddiy tahdidga aylanadi”, - dedi Prezident.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- 21-oktyabr – Oʻzbek tili bayrami kuni
- Oʻz xalqini Siz kabi chin dildan sevadigan davlat rahbarini uchratmadim – “ACWA Power” kompaniyasi boshqaruvi raisi Muhammad Abunayyan
- Imtiyozli shartlarda pensiyaga chiqish huquqini beruvchi roʻyxatni tuzish tartibi belgilandi
- Ish bilan bogʻliq baxtsiz hodisalar va kasbga oid kasalliklar haqidagi maʼlumotlarning yaxlit tizimi yoʻqligi koʻrsatib oʻtildi
- Har bir hududda “Kasaba uyushmalari bogʻlari” tashkil etiladi
- Lamin Yamal “Barselona”ni tark etishi mumkin
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring