Islandiyada aholini “AstraZeneca”ning koronavirusga qarshi vaksinasi bilan emlashlar toʻxtatildi. Bunga jiddiy sabablar borligi aytilmoqda
Islandiyada aholini “AstraZeneca” (Buyuk Britaniya/Shvetsiya) kompaniyasi tomonidan ishlab chiqarilgan koronavirusga qarshi vaksina bilan emlash tadbirlari toʻxtatildi.
Bu haqda mahalliy sogʻliqni saqlash idorasi xabar bermoqda.
Izohlanishicha, ushbu qaror emlangan fuqarolarda tromblarning shakllanishi, shuningdek, Daniyada vaksina bilan bogʻliq boʻlishi mumkin boʻlgan oʻlim holati haqida maʼlumot paydo boʻlganidan keyin qabul qilindi. Hozircha, Islandiyada bunday holatlar qayd etilmagan.
Maʼlumki, bungacha “AstraZeneca” vaksinasi bilan emlash Daniya, Italiya va Norvegiyada toʻxtatilgan edi.
Ammo hozirgacha vaksina va tromblar shakllanishi oʻrtasidagi bogʻliqlik toʻgʻrisida aniq xulosa qilinmagan.
Avstriyada “AstraZeneca” vaksinasi bilan emlangan 49 yoshli ayol qon aylanish tizimining ogʻir buzilishi natijasida vafot etgani, yana bir ayolda qon aylanish tizimida buzilish holati kuzatilgani haqida xabarlar tarqalgan edi.
Oldinroq, Oʻzbekiston YUNISEF taqdim etgan jadvalga asosan 2 mln 640 ming doza “AstraZeneca/Oxford” vaksinasini olishi va uning bir dozasi narxi taxminan 3 dollarni tashkil etishi haqida xabar bergan edik.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Tinchlik sulhi shartlari bajarilmoqda: Gʻazo 3 nafar, Isroil 90 nafar mahbusni vataniga qaytardi
- Shavkat Mirziyoyev aholi bandligini taʼminlash va kambagʻallikni qisqartirishga oid muhim qarorni imzoladi
- “Eng yaxshi maqolalar” tanlovi gʻoliblari aniqlandi
- Oʻzbekistonda 2025-yil 1-apreldan elektr energiyasi va gaz narxlari oshiriladi
- Harbiy xizmatni oʻtash bilan bogʻliq tartiblar yangilanadi
- Voyaga yetmaganlar o‘rtasida huquqbuzarliklar profilaktikasi tizimi takomillashtirilmoqda
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring