Ishchi guruh Xorazm viloyati hududlarini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturlari ijrosini oʻrganadi
Oliy Majlis Senatining ishchi guruhi joriy yilning 20-25-oktyabr kunlari Xorazm viloyatida parlament nazorati doirasida viloyat hududlarini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, aholi bandligini taʼminlash hamda kambagʻallikni qisqartirish dasturlarida belgilangan chora-tadbirlarning ijrosini oʻrganadi.
Soʻnggi 5 yilda Xorazm viloyati hududlarini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishga qaratilgan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 10 dan ortiq farmon va qarorlari qabul qilingan, shuningdek, viloyat hududiga 9 ta tashrifi amalga oshirilgan hamda Xorazm viloyatida investitsiya va tadbirkorlik muhitini rivojlantirish, aholi farovonligini oshirish boʻyicha bajarilgan ishlar holati va yangi loyihalar taqdimotlari 4 marotaba oʻtkazilgan.
Ularda viloyatda yuqori va barqaror iqtisodiy oʻsishni taʼminlash, tadbirkorlik faoliyatiga shart-sharoit yaratish, zaxira va imkoniyatlarni ishga solish, yashil tamoyil va yondashuvlarni keng joriy etish orqali aholi bandligini taʼminlash va daromadlarini oshirish, turizmni yanada rivojlantirish boʻyicha aniq maqsadlar va vazifalar belgilangan.
Oʻrganish davomida ularning bajarilishi boʻyicha masʼul davlat organlarining faoliyati, yuzaga kelayotgan muammolarning hal qilinganligi holati, aniqlangan muammolarning sabablari va omillari tahlil qilinadi, joylardagi mutasaddi rahbarlar bilan muammolarni joyida bartaraf etish choralari koʻriladi.
Shuningdek, “Kambagʻallikdan farovonlik sari” dasturi doirasida mahallalar infratuzilmasini yaxshilash, “mahalla byudjetlari” daromadlarini oshirish va xarajatlar samaradorligiga alohida eʼtibor qaratiladi. “Ogʻir” toifadagi mahallalar muammolari, ehtiyojlari, rivojlanishi uchun toʻsiq boʻlayotgan sabablar aniqlanadi.
Respublika darajasida hal qilinishi lozim boʻlgan muammolarni bartaraf etish, belgilangan vazifalarning ijrosi doirasida aniq natijalarga erishish borasida zarur taklif va tavsiyalar ishlab chiqiladi.
Oʻrganish yakunlari Oliy Majlis Senati Kengashining Xorazm viloyatida oʻtkaziladigan navbatdagi sayyor majlisida muhokama qilinadi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- 21-oktyabr – Oʻzbek tili bayrami kuni
- Oʻz xalqini Siz kabi chin dildan sevadigan davlat rahbarini uchratmadim – “ACWA Power” kompaniyasi boshqaruvi raisi Muhammad Abunayyan
- Imtiyozli shartlarda pensiyaga chiqish huquqini beruvchi roʻyxatni tuzish tartibi belgilandi
- Oʻzbekiston tasviriy sanʼat galereyasida Samarqand maktabining yangi nafasi
- Ish bilan bogʻliq baxtsiz hodisalar va kasbga oid kasalliklar haqidagi maʼlumotlarning yaxlit tizimi yoʻqligi koʻrsatib oʻtildi
- Lamin Yamal “Barselona”ni tark etishi mumkin
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring