Ishchi guruh Andijondagi muammolarni oʻrganmoqda

11:41 22 Yanvar 2025 Jamiyat
92 0

Saminjon HUSANOV/“Xalq soʻzi”. Shu kunlarda Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari Ramatov Ochilboy Jumaniyozovich boshchiligidagi ishchi guruhi Andijon viloyatida boʻlib, hududda amalga oshirilayotgan keng koʻlamdagi ishlar bilan tanishmoqda. Jarayonda kuzatilgan kamchiliklarning ijobiy yechimini taʼminlash, ilgʻor ish uslublarini esa ommalashtirish chora-tadbirlari koʻrilmoqda.

— Ishchi guruhi institutimizda boʻlib, 2024-yilda foydalanishga topshirilgan yangi oʻquv binosini koʻzdan kechirdi, — deydi Andijon davlat tibbiyot instituti rektori M. Madazimov. — 2 gektar maydonni oʻz ichiga olgan mazkur bino Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 21-iyundagi “Yangi Andijon” shaharchasini barpo etish va Andijon viloyatida tadbirkorlikni yanada qoʻllab-quvvatlash chora-tadbirlari toʻgʻrisidagi” qaroriga asosan barpo etilgan boʻlib, 2000 oʻringa moʻljallangan. Bino 7 qavatdan iborat. Har bir qavatda 28 ta xona mavjud. 12 ta maʼruza zali va jahon talablariga toʻliq javob beruvchi simulyatsiya markazi joylashgan. Binodan asosan klinik kafedralar oʻrin olgan boʻlib, institut klinikasi va mazkur oʻquv bino oʻrtasida telemeditsina tizimi yoʻlga qoʻyilgan.

O. Ramatov institut faoliyati bilan yaqindan tanishib, taʼlim sifatini oshirish borasidagi kelgusi vazifalar yuzasidan oʻz tavsiyasini berdi.

Ishchi guruhi tomonidan viloyatning har bir shahar va tumanlarida davom etayotgan islohotlar, qurilish jarayonlari va aholiga yaratilgan sharoitlar oʻrganilib, tahlil qilinmoqda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?