Ish haqini natura shaklida toʻlashga yoʻl qoʻyilmaydi

11:32 17 Noyabr 2022 Jamiyat
540 0

Foto: Illustrativ surat

Ish haqini qarz majburiyatlari, tilxatlar, kuponlar tarzida toʻlash taqiqlanadi.

Mehnatga natura shaklida haq toʻlash taqiqlanadi, bundan Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan hollar mustasno.

Xodimga ish haqini toʻlash, qoida tariqasida, bevosita u ishni bajargan joyda amalga oshiriladi.

Xodimning yozma roziligi bilan ish haqini yoki uning bir qismini bank muassasalari yoki pochta boʻlimlari orqali toʻlashga yoʻl qoʻyilib, ularning xizmatlari uchun ish beruvchining hisobidan haq toʻlanadi.

Agar xodim ish haqi toʻlanadigan kuni ish beruvchining topshirigʻini ish joyidan tashqarida (xizmat safarida, malaka oshirish kurslarida boʻlsa va boshqalar) bajarayotgan boʻlsa, xodimning iltimosiga koʻra ish beruvchi xodimga tegishli ish haqini oʻz hisobidan yuborishi yoki xodimning ishonchli shaxsiga toʻlashi shart.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?