Irkutskdan Toshkentga uchayotgan samolyot qushlar galasi bilan toʻqnashdi

13:33 12 Sentyabr 2025 Jamiyat
209 0

Bugun, 12-sentyabr Irkutskdan Toshkentga uchayotgan samolyot qushlar galasi bilan toʻqnashdi, deb xabar bermoqda Sharqiy-Sibir transport prokuraturasi Telegram-kanali.

Xabarda aytilishicha, 12-sentyabr kuni soat mahalliy vaqt bilan 07:40, Toshkent vaqti bilan esa soat 09:40 da “Ural Airlines”ga tegishli “Irkutsk—Toshkent” reysini amalga oshirayotgan A-319 samolyoti dvigatelga qushlar galasi urilgani sababli parvoz xavfsizligini taʼminlash maqsadida uchish-qoʻnish yoʻlagidan ortga qaytgan.

Maʼlumotlarga koʻra, samolyot bortida 91 nafar yoʻlovchi va 6 nafar ekipaj aʼzosi boʻlgan. Hozirda Transport prokuraturasi tomonidan tekshiruv tayinlangan. Mazkur hodisa oqibatida jabrlanganlar aniqlanmagan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?