Iqtisodiy jinoyatlarga va ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish mexanizmlari takomillashtirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasining QONUNI
Qonunchilik palatasi tomonidan 2018 yil 30 noyabrda qabul qilingan
Senat tomonidan 2018 yil 13 dekabrda maʼqullangan
1-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 1992 yil 2 iyulda qabul qilingan “Birjalar va birja faoliyati toʻgʻrisida”gi 625–XII-sonli Qonuni (Oʻzbekiston Respublikasining 2014 yil 12 sentyabrda qabul qilingan OʻRQ–375-sonli Qonuni tahririda) (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2014 yil, № 9, 246-modda; 2018 yil, № 7, 431-modda) 16-moddasining beshinchi qismidagi “va terrorizmni moliyalashtirishga” degan soʻzlar “terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni moliyalashtirishga” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
2-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 1992 yil 9 dekabrda qabul qilingan “Auditorlik faoliyati toʻgʻrisida”gi 734–XII-sonli Qonuni (Oʻzbekiston Respublikasining 2000 yil 26 mayda qabul qilingan 78–II-sonli Qonuni tahririda) (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2000 yil, № 5–6, 149-modda; 2003 yil, № 1, 8-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2006 yil, № 4, 154-modda, № 10, 536-modda; 2007 yil, № 9, 417-modda; 2009 yil, № 9, 330-modda; 2013 yil, № 4, 98-modda;
2014 yil, № 5, 130-modda; 2015 yil, № 8, 312-modda; 2017 yil, № 4, 137-modda) 7-moddasining birinchi qismiga quyidagi qoʻshimcha va oʻzgartish kiritilsin:
quyidagi mazmundagi oltinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish toʻgʻrisidagi qonun hujjatlari talablariga rioya etishi”;
oltinchi – oʻn birinchi xatboshilar tegishincha yettinchi – oʻn ikkinchi xatboshilardeb hisoblansin.
3-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 1992 yil 9 dekabrda qabul qilingan “Prokuratura toʻgʻrisida”gi 746–XII-sonli Qonuniga (Oʻzbekiston Respublikasining 2001 yil 29 avgustda qabul qilingan 257–II-sonli Qonuni tahririda) (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2001 yil, № 9–10, 168-modda; 2003 yil, № 5, 67-modda; 2005 yil, № 1, 18-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2007 yil, № 6, 249-modda;
2008 yil, № 9, 487-modda, № 12, 636-modda; 2011 yil, № 4, 101-modda; 2012 yil, № 9/2, 244-modda; 2015 yil, № 8, 310-modda; 2016 yil, № 9, 276-modda; 2017 yil, № 3, 47-modda, № 6, 300-modda, № 9, 510-modda, № 10, 605-modda; 2018 yil, № 4, 218-modda, № 7, 431-modda) quyidagi oʻzgartishlar kiritilsin:
1) 10-moddaning ikkinchi qismidagi “Soliq, valyutaga oid jinoyatlarga va jinoiy daromadlarni legallashtirishga” degan soʻzlar “Iqtisodiy jinoyatlarga” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
2) 18-modda quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“18-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti va uning joylardagi boʻlinmalari
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzurida Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti (bundan buyon matnda Departament deb yuritiladi) tuziladi. Departamentga maqomi, mehnatga haq toʻlash shartlari, tibbiy va transport xizmatlari koʻrsatilishi boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurori oʻrinbosariga tenglashtirilgan, Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurorining taqdimnomasiga binoan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan lavozimga tayinlanadigan va lavozimidan ozod etiladigan Departament boshligʻi rahbarlik qiladi.
Departament boshligʻining oʻrinbosarlari Departament boshligʻining taqdimnomasiga binoan Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurori tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimidan ozod etiladi.
Departamentning markaziy apparati tarkibiy boʻlinmalari va hududiy boshqarmalari boshliqlari Departament boshligʻining taqdimnomasiga binoan Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurori tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimidan ozod etiladi.
Departamentni va uning joylardagi boʻlinmalarini tashkil etish hamda ularning faoliyati tartibi qonun hujjatlarida belgilanadi”.
4-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 1993 yil 7 mayda qabul qilingan “Valyutani tartibga solish toʻgʻrisida”gi 841–XII-sonli Qonuni (Oʻzbekiston Respublikasining 2003 yil 11 dekabrda qabul qilingan 556–II-sonli Qonuni tahririda) (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2004 yil, № 1–2, 6-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2009 yil, № 9, 330-modda; 2014 yil, № 9, 244-modda; 2015 yil, № 12, 452-modda; 2018 yil, № 7, 431-modda) 12-moddasining birinchi qismidagi “hamda terrorizmni moliyalashtirishga” degan soʻzlar “terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni moliyalashtirishga” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
5-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 1994 yil 22 sentyabrda qabul qilingan 2012–XII-sonli Qonuni bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksiga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1995 yil, № 1, 3-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1996 yil, № 9, 144-modda; 1997 yil, № 2, 56-modda, № 9, 241-modda; 1998 yil, № 5–6, 102-modda, № 9, 181-modda; 1999 yil, № 1, 20-modda, № 5, 124-modda, № 9, 229-modda; 2000 yil, № 5–6, 153-modda; 2001 yil, № 1–2, 23-modda, № 9–10, 165-modda; 2002 yil, № 9, 165-modda; 2003 yil, № 1, 8-modda, № 9–10, 149-modda; 2004 yil, № 1–2, 18-modda, № 9, 171-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2005 yil, № 9, 314-modda, № 12, 417, 418-moddalar; 2006 yil, № 6, 261-modda, № 12, 656-modda; 2007 yil, № 4, 158, 166-moddalar, № 6, 248-modda, № 9, 416, 422-moddalar, № 12, 607-modda; 2008 yil, № 4, 187, 188, 189-moddalar, № 7, 352-modda, № 9, 485, 487, 488-moddalar, № 12, 640, 641-moddalar; 2009 yil, № 1, 1-modda, № 4, 128-modda, № 9, 329, 334, 335, 337-moddalar, № 12, 470-modda; 2010 yil, № 5, 176, 179-moddalar, № 9, 341-modda, № 12, 471, 477-moddalar; 2011 yil, № 1, 1-modda;
2012 yil, № 4, 108-modda, № 9/1, 242-modda, № 12, 336-modda; 2013 yil, № 4, 98-modda, № 10, 263-modda; 2014 yil, № 1, 2-modda, № 5, 130-modda, № 9, 244-modda, № 12, 343-modda; 2015 yil, № 6, 228-modda, № 8, 310, 312-moddalar, № 12, 452-modda; 2016 yil, № 4, 125-modda, № 9, 276-modda, № 12, 383, 385-moddalar; 2017 yil, № 3, 47-modda, № 6, 300-modda, № 9, 506, 510-moddalar; 2018 yil, № 1, 4-modda, № 4, 218, 224-moddalar, № 7, 430-modda, № 10, 679-modda) quyidagi oʻzgartish va qoʻshimcha kiritilsin:
1) 177-moddaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Fuqarolarning qonunga xilof ravishda valyuta qimmatliklarini olishi yoki oʻtkazishi shunday harakatlar uchun maʼmuriy jazo qoʻllanilganidan keyin sodir etilgan boʻlsa, –
eng kam oylik ish haqining yetmish besh baravaridan yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki ikki yildan uch yilgacha axloq tuzatish ishlari yoxud bir yilgacha ozodlikni cheklash yoki bir yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
Oʻsha harakatlar ancha miqdorda sodir etilgan boʻlsa, –
eng kam oylik ish haqining yuz baravaridan uch yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki bir yildan uch yilgacha ozodlikni cheklash yoki bir yildan uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
Oʻsha harakatlar:
a) takroran yoki xavfli retsidivist tomonidan;
b) koʻp miqdorda;
v) bir guruh shaxslar tomonidan oldindan til biriktirib sodir etilgan boʻlsa, –
eng kam oylik ish haqining uch yuz baravaridan besh yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki uch yildan besh yilgacha ozodlikni cheklash yoxud
uch yildan besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
Oʻsha harakatlar:
a) juda koʻp miqdorda;
b) uyushgan guruh tomonidan yoki uning manfaatlarini koʻzlab sodir etilgan boʻlsa, –
besh yildan yetti yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
Tayyorgarlik koʻrilayotgan yoki sodir etilayotgan jinoyat haqida oʻz ixtiyori bilan arz qilgan va uni ochishga faol yordam bergan shaxs javobgarlikka tortilmaydi”;
2) 184-moddaning beshinchi qismi “davlat soliq xizmati organining qarorini” degan soʻzlardan keyin “yoki Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining sodir etilgan jinoyat haqidagi xabarini” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin.
6-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 1994 yil 22 sentyabrda qabul qilingan 2013–XII-sonli Qonuni bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasining Jinoyat-protsessual kodeksiga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1995 yil, № 2, 5-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1995 yil, № 12, 269-modda; 1997 yil, № 2, 56-modda, № 9, 241-modda; 1998 yil, № 5–6, 102-modda, № 9, 181-modda; 1999 yil, № 1, 20-modda, № 5, 124-modda, № 9, 229-modda; 2000 yil, № 5–6, 153-modda, № 7–8, 217-modda; 2001 yil, № 1–2, 11, 23-moddalar, № 9–10, 165, 182-moddalar; 2002 yil, № 9, 165-modda; 2003 yil, № 5, 67-modda; 2004 yil, № 1–2, 18-modda, № 9, 171-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2005 yil, № 12, 418-modda; 2006 yil, № 6, 261-modda; 2007 yil, № 4, 166-modda, № 6, 248, 249-moddalar, № 9, 422-modda, № 12, 594, 595, 607-moddalar; 2008 yil, № 4, 177, 187-moddalar, № 9, 482, 484, 487-moddalar, № 12, 636, 641-moddalar;
2009 yil, № 1, 1-modda, № 4, 136-modda, № 9, 335-modda, № 12, 469, 470-moddalar; 2010 yil, № 6, 231-modda, № 9, 334, 336, 337, 342-moddalar, № 12, 477-modda; 2011 yil, № 4, 103, 104-moddalar, № 9, 252-modda, № 12/2, 363-modda; 2012 yil, № 1, 3-modda, № 9/2, 244-modda, № 12, 336-modda; 2014 yil, № 9, 244-modda; 2015 yil, № 8, 310, 312-moddalar, № 12, 452-modda; 2016 yil, № 4, 125-modda, № 9, 276-modda, № 12, 385-modda; 2017 yil, № 3, 47-modda, № 6, 300-modda, № 9, 510-modda;
2018 yil, № 1, 1-modda, № 4, 218, 224-moddalar, № 7, 430, 431-moddalar, № 10, 679-modda) quyidagi oʻzgartishlar kiritilsin:
1) 38-moddaning 2-bandidagi “Soliq, valyutaga oid jinoyatlarga
va jinoiy daromadlarni legallashtirishga” degan soʻzlar “Iqtisodiy jinoyatlarga” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
2) 391-modda:
birinchi qismining 9-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti va uning joylardagi boʻlinmalari – byudjet, soliq va valyuta toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarini buzganlikka doir ishlar boʻyicha”;
ikkinchi qismidagi “Soliq, valyutaga oid jinoyatlarga va jinoiy daromadlarni legallashtirishga” degan soʻzlar “Iqtisodiy jinoyatlarga” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
3) 187-3-moddaning birinchi qismidagi “Soliq, valyutaga oid jinoyatlarga va jinoiy daromadlarni legallashtirishga” degan soʻzlar “Iqtisodiy jinoyatlarga” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
4) 381-2-modda birinchi qismining 3-bandidagi “Soliq, valyutaga oid jinoyatlarga va jinoiy daromadlarni legallashtirishga” degan soʻzlar “Iqtisodiy jinoyatlarga” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
7-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 1994 yil 22 sentyabrda qabul qilingan 2015–XII-sonli Qonuni bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasining Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksiga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1995 yil, № 3, 6-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1995 yil, № 9, 193-modda, № 12, 269-modda; 1996 yil, № 5–6, 69-modda, № 9, 144-modda; 1997 yil, № 2, 56-modda, № 4–5, 126-modda, № 9, 241-modda; 1998 yil, № 3, 38-modda, № 5–6, 102-modda, № 9, 181-modda; 1999 yil, № 1, 20-modda, № 5, 124-modda, № 9, 229-modda; 2000 yil, № 5–6, 153-modda, № 7–8, 217-modda; 2001 yil, № 1–2, 23-modda, № 9–10, 165, 182-moddalar; 2002 yil, № 1, 20-modda, № 9, 165-modda;
2003 yil, № 1, 8-modda, № 5, 67-modda, № 9–10, 149-modda; 2004 yil, № 1–2, 18-modda, № 5, 90-modda, № 9, 171-modda; 2005 yil, № 1, 18-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2005 yil, № 9, 312-modda, № 12, 413, 417, 418-moddalar; 2006 yil, № 6, 261-modda, № 9, 498-modda, № 10, 536-modda, № 12, 656, 659-moddalar; 2007 yil, № 4, 158, 159, 164, 165-moddalar, № 9, 416, 421-moddalar, № 12, 596, 604, 607-moddalar; 2008 yil, № 4, 181, 189, 192-moddalar, № 9, 486, 488-moddalar, № 12, 640, 641-moddalar; 2009 yil, № 1, 1-modda, № 9, 334, 335, 337-moddalar, № 10, 380-modda, № 12, 462, 468, 470, 472, 474-moddalar; 2010 yil, № 5, 175, 179-moddalar, № 6, 231-modda, № 9, 335, 339, 341-moddalar, № 10, 380-modda, № 12, 468, 473, 474-moddalar;
2011 yil, № 1, 1-modda, № 4, 104, 105-moddalar, № 9, 247, 252-moddalar, № 12/2, 365-modda; 2012 yil, № 4, 108-modda, № 9/1, 242-modda, № 12, 336-modda; 2013 yil, № 4, 98-modda, № 10, 263-modda; 2014 yil, № 1, 2-modda, № 5, 130-modda, № 9, 244-modda, № 12, 341, 343-moddalar;
2015 yil, № 6, 228-modda, № 8, 310, 312-moddalar, № 12, 452-modda;
2016 yil, № 1, 2-modda, № 4, 125-modda, № 9, 276-modda, № 12, 383, 385-moddalar; 2017 yil, № 4, 137-modda, № 6, 300-modda, № 9, 510-modda, № 10, 605-modda; 2018 yil, № 1, 1, 4-moddalar, № 4, 224-modda, № 7, 430, 431-moddalar, № 10, 673, 679-moddalar) quyidagi oʻzgartishlar kiritilsin:
1) 170-moddaning sanksiyasi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“valyuta boyliklarini musodara qilib, oʻn besh sutkaga maʼmuriy qamoqqa olishga yoki ushbu Kodeksga muvofiq oʻziga nisbatan maʼmuriy qamoq qoʻllanilishi mumkin boʻlmagan shaxslarga eng kam ish haqining yigirma baravari miqdorida jarima solishga sabab boʻladi”;
2) 179-3-modda quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“179-3-modda. Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarini buzish
Ichki nazoratni, mijozlarni lozim darajada tekshirish natijalarini hujjatlashtirish va saqlashni, tavakkalchiliklarni aniqlash, baholash va hujjatlar bilan qayd etishni tashkil qilish va amalga oshirishga doir talablarni buzish, operatsiyani amalga oshirishni rad etish, xuddi shuningdek maxsus vakolatli davlat organiga shubhali operatsiyalar haqidagi axborotni taqdim etmaslik, oʻz vaqtida taqdim etmaslik yoki notoʻgʻri axborot taqdim etganlik, qonun hujjatlari talablarining pul mablagʻlarini yoki boshqa mol-mulkni ishga solmay toʻxtatib qoʻyishga yoki operatsiyalarni toʻxtatib turishga oid qismini ijro etmaslik, –
eng kam ish haqining oʻn besh baravaridan oʻttiz baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.
Ichki nazorat qoidalariga rioya etilishi ustidan monitoring
va nazoratni amalga oshirishning belgilangan tartibini tegishli nazorat qiluvchi, litsenziyalovchi va roʻyxatdan oʻtkazuvchi organlar tomonidan buzish, xuddi shuningdek jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish munosabati bilan tijorat, bank sirini yoki qonun bilan qoʻriqlanadigan boshqa sirni tashkil etuvchi maʼlumotlarni gʻayriqonuniy ravishda talab qilish, olish yoxud oshkor etish, –
eng kam ish haqining yigirma baravaridan qirq baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.
Ushbu moddaning birinchi yoki ikkinchi qismida nazarda tutilgan huquqbuzarlik maʼmuriy jazo chorasi qoʻllanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etilgan boʻlsa, –
eng kam ish haqining oʻttiz baravaridan ellik baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi”;
3) 264-moddaning:
nomidagi “Soliq, valyutaga oid jinoyatlarga va jinoiy daromadlarni legallashtirishga” degan soʻzlar “Iqtisodiy jinoyatlarga” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
birinchi va ikkinchi qismlaridagi “Soliq, valyutaga
oid jinoyatlarga va jinoiy daromadlarni legallashtirishga” degan
soʻzlar “Iqtisodiy jinoyatlarga” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
4) 287-moddaning 8-bandidagi “Soliq, valyutaga oid jinoyatlarga
va jinoiy daromadlarni legallashtirishga” degan soʻzlar “Iqtisodiy jinoyatlarga” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
5) 289-moddaning uchinchi qismidagi “Soliq, valyutaga oid jinoyatlarga va jinoiy daromadlarni legallashtirishga” degan soʻzlar “Iqtisodiy jinoyatlarga” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
6) 291-modda birinchi qismining “d” bandidagi “Soliq, valyutaga oid jinoyatlarga va jinoiy daromadlarni legallashtirishga” degan soʻzlar “Iqtisodiy jinoyatlarga” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
8-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 1995 yil 21 dekabrda qabul qilingan “Oʻzbekiston Respublikasining Markaziy banki toʻgʻrisida”gi 154–I-sonli Qonuniga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1995 yil, № 12, 247-modda; 1998 yil, № 9, 181-modda; 1999 yil, № 5, 124-modda; 2001 yil, № 1–2, 23-modda;
2003 yil, № 1, 8-modda; 2005 yil, № 1, 18-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2006 yil, № 9, 496-modda; 2007 yil, № 12, 608-modda; 2009 yil, № 4, 133-modda, № 9, 330, 337-moddalar, № 12, 470-modda; 2012 yil, № 4, 105-modda, № 12, 336-modda; 2014 yil, № 5, 130-modda, № 12, 343-modda; 2015 yil, № 12, 452-modda; 2018 yil, № 1, 1-modda) quyidagi oʻzgartishlar kiritilsin:
1) 50-moddaning birinchi qismidagi “va terrorizmni moliyalashtirishga” degan soʻzlar “terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni moliyalashtirishga” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
2) 53-moddaning toʻrtinchi qismidagi “va terrorizmni moliyalashtirishga” degan soʻzlar “terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni moliyalashtirishga” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
9-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 1996 yil 25 aprelda qabul qilingan “Banklar va bank faoliyati toʻgʻrisida”gi 216–I-sonli Qonuniga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1996 yil, № 5–6, 54-modda; 1997 yil, № 2, 56-modda, № 9, 241-modda;
1999 yil, № 5, 124-modda, № 9, 229-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2006 yil, № 9, 491-modda, № 10, 536-modda; 2008 yil, № 12, 640-modda; 2009 yil, № 4, 133-modda, № 9, 337-modda; 2012 yil, № 4, 105-modda; 2013 yil, № 4, 98-modda;
2017 yil, № 9, 510-modda; 2018 yil, № 4, 224-modda, № 10, 670-modda) quyidagi oʻzgartishlar va qoʻshimcha kiritilsin:
1) 14-moddaning toʻqqizinchi xatboshisidagi “va terrorizmni moliyalashtirishga” degan soʻzlar “terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni moliyalashtirishga” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
2) 38-modda:
beshinchi qismidagi “va terrorizmni moliyalashtirishga” degan soʻzlar “terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni moliyalashtirishga” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
quyidagi mazmundagi toʻqqizinchi qism bilan toʻldirilsin:
“Oʻzbekiston Respublikasining Markaziy banki Oʻzbekiston Respublikasi byudjet tizimi byudjetlari mablagʻlaridan maqsadli va oqilona foydalanilishini oʻrganish uchun bank hisobvaraqlari boʻyicha davlat pul mablagʻlarining harakatlanishi bilan bogʻliq operatsiyalar toʻgʻrisidagi zarur maʼlumotlarni va axborotni Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining soʻroviga binoan taqdim etadi”.
10-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 1996 yil 26 dekabrda qabul qilingan “Notariat toʻgʻrisida”gi 343–I-sonli Qonuniga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1997 yil, № 2, 42-modda; 2001 yil, № 1–2, 23-modda; 2003 yil, № 5, 67-modda; 2004 yil, № 1–2, 18-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2005 yil, № 9, 312-modda; 2006 yil, № 9, 498-modda; 2007 yil, № 12, 608-modda; 2009 yil, № 9, 337-modda;
2010 yil, № 9, 335-modda; 2012 yil, № 4, 105-modda; 2014 yil, № 5, 130-modda; 2017 yil, № 9, 510-modda; 2018 yil, № 4, 224-modda, № 7, 431-modda, № 10, 673-modda) quyidagi oʻzgartishlar kiritilsin:
1) 6-moddaning uchinchi qismidagi “va terrorizmni moliyalashtirishga” degan soʻzlar “terrorizmni moliyalashtirishga
va ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni moliyalashtirishga” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
2) 18-moddaning oʻn birinchi xatboshisidagi “va terrorizmni moliyalashtirishga” degan soʻzlar “terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni moliyalashtirishga” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
11-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 1996 yil 27 dekabrda qabul qilingan “Advokatura toʻgʻrisida”gi 349–I-sonli Qonuni (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1997 yil, № 2, 48-modda; 2001 yil, № 1–2, 23-modda; 2003 yil, № 5, 67-modda; 2004 yil, № 1–2, 18-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2005 yil, № 9, 312-modda; 2008 yil, № 12, 641-modda;
2009 yil, № 9, 337-modda; 2018 yil, № 10, 673-modda) 7-moddasining yettinchi qismidagi “va terrorizmni moliyalashtirishga” degan soʻzlar “terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni moliyalashtirishga” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
12-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 1997 yil 29 avgustda qabul qilingan “Davlat soliq xizmati toʻgʻrisida”gi 474–I-sonli Qonuni (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1997 yil, № 9, 232-modda; 1998 yil, № 5–6, 102-modda; 1999 yil, № 9, 229-modda;
2000 yil, № 7–8, 217-modda; 2001 yil, № 5, 89-modda, № 9–10, 182-modda; 2003 yil, № 1, 8-modda, № 5, 67-modda; 2004 yil, № 9, 171-modda;
2005 yil, № 1, 18-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2005 yil, № 5, 152-modda, № 9, 312-modda, № 12, 415-modda; 2006 yil, № 10, 536-modda; 2007 yil, № 12, 608-modda; 2008 yil, № 12, 640-modda; 2009 yil, № 12, 474-modda;
2010 yil, № 9, 336-modda; 2012 yil, № 4, 105-modda; 2014 yil, № 9, 244-modda; 2015 yil, № 12, 452-modda; 2016 yil, № 12, 385-modda;
2017 yil, № 6, 300-modda, № 12, 773-modda; 2018 yil, № 1, 1, 4-moddalar) 5-moddasi birinchi qismining 8-bandidagi “va terrorizmni moliyalashtirish” degan soʻzlar “terrorizmni moliyalashtirish va ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni moliyalashtirish” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
13-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 1998 yil 24 dekabrda qabul qilingan “Xoʻjalik yurituvchi subyektlar faoliyatini davlat tomonidan nazorat qilish toʻgʻrisida”gi 717–I-sonli Qonunining (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1999 yil, № 1, 8-modda; 2000 yil, № 5–6, 153-modda; 2001 yil, № 1–2, 23-modda; 2004 yil, № 5, 90-modda; 2005 yil, № 1, 18-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2006 yil, № 3, 119-modda; 2007 yil, № 12, 598-modda; 2008 yil, № 12, 640-modda; 2010 yil, № 9, 336-modda, № 12, 474-modda; 2011 yil, № 9, 248-modda; 2012 yil, № 12, 336-modda; 2013 yil, № 10, 263-modda; 2014 yil, № 5, 130-modda; 2016 yil, № 12, 383, 385-moddalar) 9-moddasiga quyidagi oʻzgartish va qoʻshimcha kiritilsin:
uchinchi qism quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Xoʻjalik yurituvchi subyektlarning moliya-xoʻjalik faoliyatini tekshirishlar belgilangan tartibda faqat davlat soliq xizmati organlari tomonidan, mazkur organlar tekshirishlar davomida byudjet, soliq va valyutaga oid qonun hujjatlari buzilishi bilan bogʻliq jinoyatlar alomatlarini aniqlaganda esa, Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti tomonidan amalga oshiriladi”;
quyidagi mazmundagi beshinchi qism bilan toʻldirilsin:
“Tezkor-qidiruv faoliyati natijalari asosida Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti Oʻzbekiston Respublikasi byudjet tizimi byudjetlari mablagʻlarini, donor mamlakatlar, xalqaro, chet el hukumat va nohukumat tashkilotlari bilan tuzilgan davlatlararo va hukumatlararo shartnomalar doirasida taqdim etiladigan chet el grantlarini, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi kafolati ostida jalb etiladigan chet el kreditlarini sarflash masalalari yuzasidan, mulk shaklidan qatʼi nazar, xoʻjalik yurituvchi subyektlar moliya-xoʻjalik faoliyatining tekshiruvlarini oʻtkazish tashabbusi bilan chiqishi mumkin”.
14-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 2000 yil 25 mayda qabul qilingan “Tadbirkorlik faoliyati erkinligining kafolatlari toʻgʻrisida”gi 69–II-sonli Qonuni (Oʻzbekiston Respublikasining 2012 yil 2 mayda qabul qilingan OʻRQ–328-sonli Qonuni tahririda) (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2012 yil, № 5, 133-modda; 2013 yil, № 4, 98-modda, № 10, 263-modda; 2014 yil, № 12, 341, 343-moddalar; 2015 yil, № 8, 312-modda, № 12, 452-modda; 2016 yil, № 12, 384, 385-moddalar) 39-moddasining toʻqqizinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Tadbirkorlik subyektlarining moliya-xoʻjalik faoliyatini tekshirishlar belgilangan tartibda faqat davlat soliq xizmati organlari tomonidan, mazkur organlar tekshirishlar davomida byudjet, soliq va valyutaga oid qonun hujjatlari buzilishi bilan bogʻliq jinoyatlar alomatlarini aniqlaganda esa, Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti tomonidan amalga oshiriladi”.
15-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 2000 yil 15 dekabrda qabul qilingan “Terrorizmga qarshi kurash toʻgʻrisida”gi 167–II-sonli Qonuniga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2001 yil, № 1–2, 15-modda; 2004 yil, № 5, 90-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2015 yil, № 8, 310-modda; 2016 yil, № 4, 125-modda) quyidagi oʻzgartishlar kiritilsin:
1) 8-modda birinchi qismining yettinchi xatboshisidagi “Soliq, valyutaga oid jinoyatlarga va jinoiy daromadlarni legallashtirishga” degan soʻzlar “Iqtisodiy jinoyatlarga” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
2) 141-moddaning:
nomidagi “Soliq, valyutaga oid jinoyatlarga va jinoiy daromadlarni legallashtirishga” degan soʻzlar “Iqtisodiy jinoyatlarga” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
birinchi xatboshisidagi “Soliq, valyutaga oid jinoyatlarga va jinoiy daromadlarni legallashtirishga” degan soʻzlar “Iqtisodiy jinoyatlarga” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
16-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 2002 yil 5 aprelda qabul qilingan “Sugʻurta faoliyati toʻgʻrisida”gi 358–II-sonli Qonuniga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2002 yil,
№ 4–5, 68-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2006 yil, № 10, 536-modda; 2007 yil, № 9, 415-modda; 2008 yil, № 4, 192-modda, № 12, 635-modda; 2009 yil, № 9, 337-modda; 2010 yil, № 12, 467-modda; 2012 yil, № 4, 107-modda; 2013 yil, № 4, 98-modda, № 10, 263-modda; 2014 yil, № 9, 244-modda;
2015 yil, № 12, 452-modda; 2017 yil, № 4, 125-modda, № 10, 605-modda) quyidagi oʻzgartishlar kiritilsin:
1) 10-modda ikkinchi qismining oʻn birinchi xatboshisidagi “va terrorizmni moliyalashtirishga” degan soʻzlar “terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni moliyalashtirishga” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
2) 26-moddaning sakkizinchi qismidagi “va terrorizmni moliyalashtirishga” degan soʻzlar “terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni moliyalashtirishga” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
17-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 2003 yil 30 avgustda qabul qilingan “Bank siri toʻgʻrisida”gi 530–II-sonli Qonunining (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2003 yil, № 9–10, 144-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2005 yil, № 9, 312-modda; 2009 yil, № 9, 337-modda; 2012 yil, № 4, 105-modda; 2016 yil, № 4, 125-modda; 2017 yil, № 9, 510-modda) 8-moddasiga quyidagi oʻzgartishlar kiritilsin:
ikkinchi qismidagi “va terrorizmni moliyalashtirishga” degan soʻzlar “terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni moliyalashtirishga” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
uchinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Oʻzbekiston Respublikasi Hisob palatasi va Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti bank sirini tashkil etuvchi maʼlumotlarni, agar bu maʼlumotlar ularning zimmasiga yuklatilgan vazifalarni amalga oshirishi uchun zarur boʻlsa, olishga haqlidir”.
18-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 2004 yil 26 avgustda qabul qilingan “Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish toʻgʻrisida”gi 660–II-sonli Qonuniga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2004 yil, № 9, 160-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2007 yil, № 4, 167-modda; 2009 yil, № 4, 139-modda;
2012 yil, № 12, 336-modda; 2016 yil, № 4, 125-modda) quyidagi oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritilsin:
1) nomidagi “va terrorizmni moliyalashtirishga” degan soʻzlar “terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni moliyalashtirishga”degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
2) 1-modda matnidagi “va terrorizmni moliyalashtirishga” degan soʻzlar “terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni moliyalashtirishga” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
3) quyidagi mazmundagi 1-1-modda bilan toʻldirilsin:
“1-1-modda. Ushbu Qonunning qoʻllanilish sohasi
Ushbu Qonunning amal qilishi Oʻzbekiston Respublikasi hududida va undan tashqarida Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalariga muvofiq pul mablagʻlari yoki boshqa mol-mulk bilan bogʻliq operatsiyalarni amalga oshiruvchi Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolariga, chet el fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaxslarga, yuridik shaxslarga, ularning filiallari hamda vakolatxonalariga, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi hududida pul mablagʻlari yoki boshqa mol-mulk bilan bogʻliq operatsiyalar oʻtkazilishi ustidan nazoratni amalga oshiruvchi davlat organlariga nisbatan tatbiq etiladi”;
4) 2-moddaning:
nomidagi “va terrorizmni moliyalashtirishga” degan soʻzlar “terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni moliyalashtirishga”degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
birinchi va ikkinchi qismlaridagi “va terrorizmni moliyalashtirishga” degan soʻzlar “terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni moliyalashtirishga” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
5) 3-modda:
uchinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish – pul mablagʻlari yoki boshqa mol-mulk jinoiy faoliyat natijasida topilgan boʻlsa, ularni oʻtkazish, mulkka aylantirish yoxud almashtirish yoʻli bilan ularning kelib chiqishiga qonuniy tus berishdan, xuddi shuningdek bunday pul mablagʻlarining yoki boshqa mol-mulkning asl xususiyatini, manbaini, turgan joyini, tasarruf etish, koʻchirish usulini, pul mablagʻlariga yoki boshqa mol-mulkka boʻlgan haqiqiy egalik huquqlarini yoki ularning kimga qarashliligini yashirishdan yoxud sir saqlashdan iborat boʻlgan, jinoiy jazolanadigan ijtimoiy xavfli qilmish”;
quyidagi mazmundagi yettinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni moliyalashtirish – yadroviy, kimyoviy, biologik va boshqa turdagi ommaviy qirgʻin qurolini, bunday qurolni yaratishda foydalanilishi mumkinligi ayon boʻlgan materiallarni hamda uskunalarni yaratish, ishlab chiqarish, olish, toʻplash, saqlash, oʻtkazish, foydalanish maqsadida har qanday mablagʻ-vositalarni, resurslarni berish yoki yigʻish, boshqa xizmatlar koʻrsatish”;
6) II bobning nomidagi “va terrorizmni moliyalashtirishga” degan soʻzlar “terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni moliyalashtirishga” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
7) 4-modda:
nomidagi “va terrorizmni moliyalashtirishga” degan soʻzlar “terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni moliyalashtirishga”degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
birinchi xatboshisidagi “va terrorizmni moliyalashtirishga” degan soʻzlar “terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni moliyalashtirishga” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
quyidagi mazmundagi beshinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“tavakkalchiliklarni aniqlashga, baholashga va kamaytirishga doir choralar”;
8) quyidagi mazmundagi 7-1-modda bilan toʻldirilsin:
“7-1-modda. Tavakkalchiliklarni aniqlashga, baholashga
va kamaytirishga doir choralar
Pul mablagʻlari yoki boshqa mol-mulk bilan bogʻliq operatsiyalarni amalga oshiruvchi tashkilotlarning, shuningdek ichki nazorat qoidalariga rioya etilishi ustidan monitoring va nazoratni amalga oshiruvchi organlar jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish, terrorizmni moliyalashtirish va ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni moliyalashtirish yuzasidan ehtimol tutilgan tavakkalchiliklarni oʻrganishni, tahlil qilishni va aniqlashni oʻz faoliyatida tizimli ravishda, yiliga kamida bir marta amalga oshirishi, oʻrganish natijalarini hujjatlar bilan qayd etishi hamda aniqlangan tavakkalchiliklarni kamaytirishga doir tegishli choralar koʻrishi shart.
Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish, terrorizmni moliyalashtirish va ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni moliyalashtirish hollarining oldini olish yoki sonini kamaytirish uchun qoʻllaniladigan choralar aniqlangan tavakkalchiliklarga muvofiq boʻlishi hamda nazorat qilishning kengaytirilgan yoki soddalashtirilgan choralarini qoʻllash hamda resurslarni samarali taqsimlash toʻgʻrisida qaror qabul qilish imkonini berishi kerak.
Tavakkalchiliklarni baholash natijalari jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashishda ishtirok etuvchi barcha organlarga hamda pul mablagʻlari yoki boshqa mol-mulk bilan bogʻliq operatsiyalarni amalga oshiruvchi tashkilotlarga yetkazilishi kerak.
Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish, terrorizmni moliyalashtirish va ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni moliyalashtirish yuzasidan tavakkalchiliklarni baholash boʻyicha choralarni muvofiqlashtirishni maxsus vakolatli davlat organi amalga oshiradi”;
9) 8-moddaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish maqsadida qonun hujjatlariga muvofiq belgilanadigan maxsus vakolatli davlat organi pul mablagʻlari yoki boshqa mol-mulk bilan bogʻliq operatsiyalar oʻtkazilishi ustidan ushbu Qonunda belgilangan tartibda nazoratni amalga oshiradi.
Maxsus vakolatli davlat organi oʻz vakolatlari doirasida qarorlar qabul qilishda xoli va mustaqildir, bundan qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollar mustasno”;
10) 9-moddaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Maxsus vakolatli davlat organi:
pul mablagʻlari yoki boshqa mol-mulk bilan bogʻliq operatsiyalarni amalga oshiruvchi tashkilotlarning hamda jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashishda ishtirok etuvchi organlarning ishini muvofiqlashtiradi;
jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish toʻgʻrisidagi qonun hujjatlari talablarining yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan bajarilishi ustidan nazorat qilinishini taʼminlaydi;
jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish boʻyicha chora-tadbirlarni amalga oshirish uchun zarur boʻlgan axborotni, shu jumladan avtomatlashtirilgan axborot, maʼlumotnoma tizimlaridan hamda maʼlumotlar bazalaridan axborotni soʻraydi va bepul oladi;
pul mablagʻlari yoki boshqa mol-mulk bilan bogʻliq operatsiyalar boʻyicha ushbu Qonunga muvofiq olinadigan axborotning jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish, terrorizmni moliyalashtirish va ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni moliyalashtirish belgilarini aniqlash maqsadida tahlil qilinishini amalga oshiradi;
pul mablagʻlari yoki boshqa mol-mulk bilan bogʻliq operatsiyalarni amalga oshiruvchi tashkilotlardan kelib tushadigan shubhali operatsiyalar haqidagi xabarlarni oladi, maʼlumotlar bazalarini shakllantiradi va ularga ishlov beradi;
jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish, terrorizmni moliyalashtirish va ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni moliyalashtirish bilan bogʻliq maʼlumotlar va axborotni almashish hamda yuborish boʻyicha hamkorlik tartibini huquqni muhofaza qiluvchi organlar va boshqa davlat organlari bilan birgalikda belgilaydi;
yetarli asoslar mavjud boʻlgan taqdirda yoki soʻrovga binoan jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni moliyalashtirishga aloqador pul mablagʻlari yoki boshqa mol-mulk bilan bogʻliq operatsiyalar haqidagi materiallarni jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashishda ishtirok etuvchi tegishli organlarga yuboradi;
terrorchilik faoliyatida yoki ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishda ishtirok etayotgan yoki ishtirok etishda gumon qilinayotgan shaxslarning roʻyxatini terrorizmga, ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishga qarshi kurashishni amalga oshiruvchi davlat organlari va Oʻzbekiston Respublikasining boshqa vakolatli organlari tomonidan taqdim etiladigan maʼlumotlar, shuningdek chet davlatlarning vakolatli organlaridan hamda xalqaro tashkilotlardan rasmiy kanallar orqali olingan maʼlumotlar asosida shakllantiradi va yuritadi;
jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish, terrorizmni moliyalashtirish va ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni moliyalashtirish boʻyicha tavakkalchiliklarni baholashni tashkil etish yuzasidan jalb etilgan vazirliklar, davlat qoʻmitalari va idoralar bilan birgalikda choralar koʻradi;
yetarli asoslar mavjud boʻlgan taqdirda, jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish boʻyicha choralarni amalga oshirish uchun pul mablagʻlari yoki boshqa mol-mulk bilan bogʻliq operatsiyalarni oʻttiz ish kunidan koʻp boʻlmagan muddatga toʻxtatib turish haqida koʻrsatmalar yuboradi;
jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarining qoʻllanilish amaliyotini davlat organlaridan va boshqa tashkilotlardan olinadigan axborot asosida tahlil qiladi hamda umumlashtiradi, shuningdek qonun hujjatlarini va huquqni qoʻllash amaliyotini takomillashtirishga doir takliflarni ishlab chiqadi hamda kiritadi;
jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish toʻgʻrisidagi normativ-huquqiy hujjatlar hamda Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalari loyihalarini ishlab chiqishda ishtirok etadi;
jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish sohasida chet davlatlarning vakolatli organlari, xalqaro ixtisoslashgan tashkilotlar va boshqa tashkilotlar bilan hamkorlikni amalga oshiradi;
qonun hujjatlarida belgilangan tartibda xalqaro va mintaqaviy tashkilotlar, chet davlatlarning tegishli vakolatli organlari bilan kelishuvlar tuzadi;
jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish sohasida Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalariga muvofiq yoki chet davlatlarning vakolatli organlari, xalqaro tashkilotlar bilan oʻzarolik prinsipi asosida hamkorlik qiladi va axborot almashishni amalga oshiradi;
qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlarni amalga oshiradi”;
11) 10-moddaning matnidagi “va terrorizmni moliyalashtirishga” degan soʻzlar “terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni moliyalashtirishga” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
12) 13-modda:
ikkinchi qismi “yoki terrorizmni moliyalashtirish” degan soʻzlardan keyin “yoxud ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni moliyalashtirish” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin;
uchinchi qismidagi “va terrorizmni moliyalashtirishga” degan soʻzlar “terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni moliyalashtirishga” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
13) 14-moddaning ikkinchi, uchinchi va toʻrtinchi xatboshilari “terrorchilik faoliyatida”, “terrorchilik faoliyatini” degan soʻzlardan keyin tegishincha “yoki ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishda”, “yoki ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin;
14) 15-modda birinchi qismining beshinchi xatboshisidagi
“va terrorizmni moliyalashtirish” degan soʻzlar “terrorizmni moliyalashtirish va ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni moliyalashtirish” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
15) IV bobning nomidagi “va terrorizmni moliyalashtirishga” degan soʻzlar “terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni moliyalashtirishga” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
16) 18-moddaning:
nomidagi “va terrorizmni moliyalashtirishga” degan soʻzlar “terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni moliyalashtirishga” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
birinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish bilan bogʻliq axborotni maxsus vakolatli davlat organiga taqdim etish, shuningdek pul mablagʻlari
yoki boshqa mol-mulk bilan bogʻliq operatsiyalarni amalga oshiruvchi tashkilotlarni terrorchilik faoliyatida yoxud boshqa jinoiy faoliyatda ishtirok etayotgan yoki ushbu faoliyatda ishtirok etishda gumon qilinayotgan yuridik yoxud jismoniy shaxslar haqida xabardor qilish tartibi qonun hujjatlari bilan belgilanadi”;
17) 19-modda:
birinchi qismining ruscha matnidagi “rabotniki” degan soʻz “sotrudniki” degan soʻz bilan almashtirilsin;
ikkinchi qismidagi “va terrorizmni moliyalashtirishga” degan soʻzlar “terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni moliyalashtirishga” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
18) 20-moddaning:
nomidagi “va terrorizmni moliyalashtirishga” degan soʻzlar “terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni moliyalashtirishga” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
matnidagi “va terrorizmni moliyalashtirishga” degan soʻzlar “terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni moliyalashtirishga” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
19) 22-moddaning:
nomidagi “va terrorizmni moliyalashtirishga” degan soʻzlar “terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni moliyalashtirishga” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
birinchi qismidagi “va terrorizmni moliyalashtirishga” degan soʻzlar “terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni moliyalashtirishga” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
20) 23-moddaning matnidagi “va terrorizmni moliyalashtirishga” degan soʻzlar “terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni moliyalashtirishga” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
21) 24-moddaning:
nomidagi “va terrorizmni moliyalashtirishga” degan soʻzlar “terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni moliyalashtirishga” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
matnidagi “va terrorizmni moliyalashtirishga” degan soʻzlar “terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni moliyalashtirishga” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
19-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 2007 yil 25 dekabrda qabul qilingan OʻRQ–136-sonli Qonuni bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasining Soliq kodeksiga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2007 yil, 12-songa 1-ilova;
2008 yil, № 12, 639-modda; 2009 yil, № 9, 330, 331-moddalar, № 12, 470, 472, 473-moddalar; 2010 yil, № 5, 178-modda, № 9, 334, 335, 336,
337-moddalar, № 10, 380-modda, № 12, 474-modda; 2011 yil, № 1, 1-modda, № 9, 248-modda, № 12/2, 364, 365-moddalar; 2012 yil, № 4, 106-modda,
№ 9/1, 238-modda, № 12, 334, 336-moddalar; 2013 yil, № 10, 263-modda,
№ 12, 349-modda; 2014 yil, № 1, 2-modda, № 9, 244-modda, № 12, 341,
343-moddalar; 2015 yil, № 8, 312-modda, № 12, 452, 454-moddalar;
2016 yil, № 4, 125-modda, № 9, 276-modda, № 12, 383, 384, 385-moddalar; 2017 yil, № 4, 137-modda, № 6, 300-modda, № 9, 510-modda, № 10,
605-modda, № 12, 772, 773-moddalar; 2018 yil, № 1, 1, 4-moddalar, № 4, 224-modda, № 7, 431, 433-moddalar, № 10, 676-modda) quyidagi oʻzgartishlar kiritilsin:
1) 84-moddaning uchinchi qismidagi “Soliq, valyutaga oid jinoyatlarga va jinoiy daromadlarni legallashtirishga” degan soʻzlar “Iqtisodiy jinoyatlarga” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
2) 96-moddaning birinchi qismidagi “va terrorizmni moliyalashtirish” degan soʻzlar “terrorizmni moliyalashtirish va ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni moliyalashtirish” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
20-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 2008 yil 22 iyulda qabul qilingan “Qimmatli qogʻozlar bozori toʻgʻrisida”gi OʻRQ–163-sonli Qonuni (Oʻzbekiston Respublikasining 2015 yil 3 iyunda qabul qilingan OʻRQ–387-sonli Qonuni tahririda) (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2015 yil, № 6, 227-modda;
2018 yil, № 1, 1-modda) 50-moddasining oltinchi qismidagi “va terrorizmni moliyalashtirishga” degan soʻzlar “terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni moliyalashtirishga” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
21-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 2012 yil 25 dekabrda qabul qilingan “Tezkor-qidiruv faoliyati toʻgʻrisida”gi OʻRQ–344-sonli Qonuni (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2012 yil, № 12, 335-modda, 2016 yil, № 4, 125-modda; 2017 yil, № 9, 506-modda, № 10, 605-modda) 10-moddasi birinchi qismining beshinchi xatboshisidagi “Soliq, valyutaga oid jinoyatlarga va jinoiy daromadlarni legallashtirishga” degan soʻzlar “Iqtisodiy jinoyatlarga” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
22-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 2014 yil 14 mayda qabul qilingan “Huquqbuzarliklar profilaktikasi toʻgʻrisida”gi
OʻRQ–371-sonli Qonuni (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2014 yil, № 5, 129-modda; 2015 yil, № 8, 310-modda; 2016 yil, № 12, 383-modda; 2017 yil, № 9, 510-modda;
2018 yil, № 1, 1-modda) 11-moddasi birinchi qismining beshinchi xatboshisidagi “va terrorizmni moliyalashtirish” degan soʻzlar “terrorizmni moliyalashtirish va ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni moliyalashtirish” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
23-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 2016 yil 20 yanvarda qabul qilingan OʻRQ–400-sonli Qonuni bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasining Bojxona kodeksi (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2016 yil, 1-songa ilova;
2017 yil, № 9, 510-modda; 2018 yil, № 4, 224-modda, № 7, 433-modda,
№ 10, 670-modda) 242-moddasining ikkinchi qismidagi “Soliq, valyutaga oid jinoyatlarga va jinoiy daromadlarni legallashtirishga” degan soʻzlar “Iqtisodiy jinoyatlarga” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
24-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 2017 yil 3 yanvarda qabul qilingan “Korrupsiyaga qarshi kurashish toʻgʻrisida”gi OʻRQ–419-sonli Qonuniga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2017 yil, № 1, 1-modda) quyidagi oʻzgartishlar kiritilsin:
1) 7-modda birinchi qismining oltinchi xatboshisidagi “Soliq, valyutaga oid jinoyatlarga va jinoiy daromadlarni legallashtirishga” degan soʻzlar “Iqtisodiy jinoyatlarga” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
2) 13-modda:
nomidagi “Soliq, valyutaga oid jinoyatlarga va jinoiy daromadlarni legallashtirishga” degan soʻzlar “Iqtisodiy jinoyatlarga” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
birinchi qismining:
birinchi xatboshisidagi “Soliq, valyutaga oid jinoyatlarga
va jinoiy daromadlarni legallashtirishga” degan soʻzlar “Iqtisodiy jinoyatlarga” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
uchinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish bilan bogʻliq jinoyatlar, iqtisodiy va korrupsiya bilan bogʻliq boshqa jinoyatlar boʻyicha tezkor-qidiruv faoliyatini, tergovga qadar tekshiruvni
va surishtiruvni amalga oshiradi”;
ikkinchi qismidagi “Soliq, valyutaga oid jinoyatlarga va jinoiy daromadlarni legallashtirishga” degan soʻzlar “Iqtisodiy jinoyatlarga” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
25-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi:
hukumat qarorlarini ushbu Qonunga muvofiqlashtirsin;
davlat boshqaruvi organlari ushbu Qonunga zid boʻlgan oʻz normativ-huquqiy hujjatlarini qayta koʻrib chiqishlari va bekor qilishlarini taʼminlasin;
ushbu Qonunning ijrosini, ijrochilarga yetkazilishini hamda mohiyati va ahamiyati aholi oʻrtasida tushuntirilishini taʼminlasin.
26-modda. Ushbu Qonun rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti Sh. Mirziyoyev
Toshkent shahri,
2019 yil 15 yanvar
№ OʻRQ—516
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Tinchlik sulhi shartlari bajarilmoqda: Gʻazo 3 nafar, Isroil 90 nafar mahbusni vataniga qaytardi
- Shavkat Mirziyoyev aholi bandligini taʼminlash va kambagʻallikni qisqartirishga oid muhim qarorni imzoladi
- “Eng yaxshi maqolalar” tanlovi gʻoliblari aniqlandi
- Oʻzbekistonda 2025-yil 1-apreldan elektr energiyasi va gaz narxlari oshiriladi
- Harbiy xizmatni oʻtash bilan bogʻliq tartiblar yangilanadi
- Voyaga yetmaganlar o‘rtasida huquqbuzarliklar profilaktikasi tizimi takomillashtirilmoqda
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring