“iPhone” ishqibozlari uchun muhim yangilik eʼlon qilindi
“Apple” korporatsiyasi 2025-yil oxirigacha “iPhone” qurilmalari uchun yangi oʻyin servisini ishga tushiradi. “Bloomberg”ning yozishicha, ushbu yangi dastur “Apple” ekotizimidagi markaziy oʻyin platformasiga aylanadi va 2010-yilda ishga tushirilgan “Game Center” ilovasining oʻrnini egallaydi. Yangi servisda doʻstlar roʻyxati, rekordlar jadvali va boshqa ijtimoiy oʻzaro aloqa vositalari ham boʻladi.
Yangi platforma “Apple Arcade” bilan toʻliq integratsiyalashgan boʻladi. Aytish mumkinki, “Apple Arcade” – bu 2019-yildan boshlab obuna asosida faoliyat yuritayotgan oʻyin servisi boʻlib, unda turli premium oʻyinlarga reklamasiz va xaridlar boʻlmasdan kirish mumkin. Yangi ilovada foydalanuvchilar “App Store” va “Apple Arcade”dagi oʻyinlarga bir joyda kirish imkoniga ega boʻladilar, lekin ilova “Apple” ekotizimidagi asosiy raqamli doʻkon – “App Store”dan mustaqil ishlaydi.
“Bloomberg” manbalarining aytishicha, yangi servisda bir nechta alohida boʻlimlar boʻladi. Ularning eng asosiysi — “Play Now” (Hozir oʻyna) deb nomlanadi. Bu boʻlimda foydalanuvchilarga “Apple” muharrirlari tomonidan tavsiya etilgan oʻyinlar va doʻstlari oʻynayotgan oʻyinlar koʻrsatiladi. Servis foydalanuvchilarga shaxsiylashtirilgan oʻyin tajribasini taklif qilishi kutilmoqda.
Bundan tashqari, servis “FaceTime” va “iMassage” bilan integratsiyalashadi. Bu esa oʻyinchilar uchun video-qoʻngʻiroq va matnli xabarlar orqali oʻzaro muloqotni osonlashtiradi. Shu tariqa, “Apple” oʻyinlar orqali ijtimoiy tarmoqqa xos tajribani kuchaytirishni maqsad qilgan.
Yangi servis “iOS 19” tizimining bir qismi sifatida taqdim etiladi. “Apple” anʼanaga koʻra har yili iyun oyida oʻtkaziladigan WWDC (Worldwide Developers Conference) konferensiyasida yangi operatsion tizimlarini taqdim etadi. Joriy yilda mazkur tadbir 9-iyunga belgilangan boʻlib, yangi servis ham aynan shu kuni namoyish etilishi mumkin.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Investorlar uchun eng jozibador hudud yoxud investitsiya oqimidagi keskin tafovutning sabab va oqibatlari
- Oʻzbekistonda inson aʼzolarini 3D bioprinterda chop etish imkoniyati yaratilmoqda
- Bedilni xalqqa tanitgan xattot
- Oʻzlikni anglash sari muhim qadam: “Milliy qadriyatlar atlasi” kitob-albomi taqdimot qilindi (+video)
- Alisher Navoiy – ilm va maʼno ehtiyoji manbai
- ICCI 2026: Yangi Oʻzbekistonning qurilish salohiyati – gʻoyalardan keng koʻlamli yechimlargacha
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring