“Ipak yoʻlida” filmi xalqaro kinofestivalda ishtirok etadi
Kinematografiya agentligi buyurtmasi binoan “Yoshlik” kinostudiyasi tomonidan suratga olingan “Ipak yoʻlida” qisqa metrajli filmi Londonda boʻlib oʻtadigan ECG Film Festival (“Eurasian Creative Guild Film Festival”) Yevrosiyo xalqaro kinofestivalida ishtirok etadi.
Mazkur kinofestival dasturidagi filmlar 19-25-may kunlari Londondagi “Premier Cinema” kinoteatrida namoyish etiladi va ular orasidan gʻolib aniqlanadi.
Kinokartina “Ipak yoʻli durdonasi” Toshkent xalqaro kinofestivali dasturiga kiritilgan “Kino 5 kunda” yosh rejissyorlar loyihasida suratga olingan. Kinofestivalning bosh sovrini “Gran-Pri” hamda “Eng yaxshi aktyor” nominatsiyasida gʻoliblikni qoʻlga kiritgan.
Shu bilan birga, AQSHning Los-Anjeles shahrida oʻtkazilgan AWFF-2021 (“Asian World Film Festival”) xalqaro kinofestivalida “Osiyoning eng yaxshi qisqa metrajli filmi” nominatsiyasida gʻolib boʻlgan.
Ssenariy muallifi Shohjaxon Subxonov, rejissyor Sherzod Nazarov, operator Diyor Ismatov, rassom Erkin Xushmatov, badiiy rahbar Ali Hamroyev.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- AQSH Adliya vazirligi Epshteyn ishi boʻyicha 3 millionta faylni eʼlon qildi
- Tramp Kubadan kelayotgan tahdid sabab AQSHda favqulodda holat eʼlon qildi
- Oʻzlikni anglash sari muhim qadam: “Milliy qadriyatlar atlasi” kitob-albomi taqdimot qilindi (+video)
- Buyuk shoirning Samarqanddagi tabarruk izlari
- Urush, jasorat va sport: hafta davomida dunyo eʼtiborini tortgan 10 ta surat
- “Humans” Oʻzbekistondan yuzlab million dollar zararni qoplashni talab qilmoqda
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring